Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako - Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta - Chelsi
10/12 01:00 Barselona - Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter - Liverpul
10/12 01:00 PSV - Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem - Slaviya
10/12 01:00 Yunion - Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Levandovskining Polshadagi shohona hayoti haqida

Levandovskining Polshadagi shohona hayoti haqida

Baho:
+ | -

Dunyodagi eng kuchli hujumchilar qatorida e’tirof etiladigan Robert Levandovski polshalik futbolchi sanaladi. U Varshava shahrida ulg‘aygan. Uning yoshligi ham bevosita shu shahar bilan bog‘liq. Uzoq yillar mobaynidagi sa’y-harakatlari tufayli Jahonda tan olingan futbolchiga aylangan Robert hech qachon o‘z ildizi aslida qayerga borib taqalishini unutmaydi. U doimo ta’tillarini o‘z yurtida o‘tkazishga odatlangan. Tabiiyki, bu uchun yaxshi sharoit ham hozirlagan.

 

Levandovski 2010 yildan buyon Germaniyada yashayotganiga qaramasdan, Polshani sog‘inib hayot kechiradi. Shu sabab «Bavariya» klubi forvardi 2016 yilda Varshava shahridan qiymati 7 million funtga teng bo‘lgan uy sotib oladi. Lyuks darajadagi uy rekreasiya markazi va milliy sport va san’at muzeyiga yaqin yerda joylashgan. Varshavaning eng boy insonlar istiqomat qiladigan Zlota 44 mavzeyida kvartiralar narxi 242 ming funtdan 1.9 million funtgacha. Hatto u yerda Levandovskiniki kabi 7 millionlik uylarni ham uchratish mumkin. Asli Polshadan bo‘lgan amerikalik muhandis Daniyel Libeskind tomonidan loyihalashtirilgan 192 metrli baland minorada Robertga kerakli barcha narsa muhayyo qilingan. «Luxurious Magazine» jurnali ma’lumotlarida keltirilishicha, Levandovski uyi ichida shaxsiy kinoteatr, golf maydonchasi hamda vinoxo‘rlik qilish uchun alohida xona mavjud.

 

O‘z klubida haftalik 352 ming funtlik maosh oluvchi futbolchi bu haqda shunday deydi: «Men o‘z uyimni tanlashda bu yerdagi amaliy qulayliklarga e’tibor qaratgan edim. Ushbu bino Polshadagi eng yaxshi turargohlardan biri. Bu yerdagi sport hamda rekreasiya markazi menga mashg‘ulotlarimni to‘laqonli amalga oshirishimga va yuqori darajada bo‘lishimga yordam beradi. Mening kasbimda doimo yuqori darajadagi mashg‘ulot anjomlaridan foydalanish talab etiladi. Shu sabab o‘zim uchun bu yerda bir qancha qulayliklar yaratganman. Jumladan, maxsus yugurish yo‘lakchasi, to‘la hajmli cho‘milish havzasi, yaxshi jihozlangan gimnastika zali, lyuks SPA saloni, shuningdek, tiklanish hamda massaj xonalari ham. Bu narsalarning bari jismoniy holatimni yaxshi darajada bo‘lishiga yordam beradi».

 

33 yoshli hujumchi so‘nggi paytlardagi Bundesliga hamda YECHLning yengilmas futbolchisiga aylandi. U shu yoshda ham alq bovar qilmaydigan natijalar qayd etishda davom etmoqda. O‘tgan mavsum hamda undan oldingisi so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi.
LevanGOLski hozirda Jahon chempionatiga saralash bahslarida ishtirok etish bilan band. Polsha terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari kecha Angliyaga qarshi Varshavadagi Milliy stadionda maydonga tushdi. Uning hisobida hozirda 72 ta terma jamoa safidagi gollari mavjud.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.uk
Kiritildi: 18:14, 09.09.2021.
O'qildi: 4017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.