Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Dilyaver Vaniyev: «Xomyakov betob, bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman»

Dilyaver Vaniyev: «Xomyakov betob, bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman»

Baho:
+ | -

Superliganing 17-turida  “Mash’al” klubi bugun o‘z maydonida “Andijon”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘yindan keyin mezbonlar murabbiyi Dilyaver Vaniyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Bugun “Mash’al”ning mag‘lubiyatga uchrashiga nima sabab bo‘ldi?
— Bugun ko‘rgan bo‘lsangiz, turnir jadvalida yaqin turgan ikkita jamoalar o‘ynadi. Ushbu uchrashuvda biz yutishimiz kerak edi. Mag‘lubiyatimizning sababi, bugun o‘yinchilarimizni ahvoli ideal holatda emasdi. “Andijon” mana shunday o‘yin ko‘rsatishini futbolchilarimizga aytgandik. Alamli mag‘lubyat, bugun yutganimizda xavfli zonadan chiqib ketardik. Kurash oxirgi turgacha davom etadi.

— Xomyakovning o‘z o‘rnida emasligi ham o‘yinga ta’sir ko‘rsatdimi?
— Bugun bosh murabbiy yo‘q edi. Betob edi. Albatta, u bilan o‘yindan oldin maslahat qildik, tayyorgarlik ko‘rdik. Ammo bugungi mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman.

— Ibe Okoro zaxiraga olinganida norozi holatda tark etdi. Bunga munosabatingiz qanday?
— Yaxshi.

— Siz qo‘l tashlagan paytingizda bunga javob qaytarishni istamagandek o‘tib ketdi...
— Buni ko‘rmadim. Hammasi yaxshi. Hozir yechinish xonasida gaplashdik. Qo‘l bermaganiga e’tibor bermadim. Taktik o‘zgarishni qildik.

— Sirojiddin Qo‘ziyevdan nega foydalanmadingiz?
— Qo‘ziyevga kelsak, u asosiy o‘yinchimiz, jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi. Faqat hali to‘liq tayyor emasdi. Murabbiylar bilan maslahatlashib maydonga tushirmaslikka qaror qildik.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:07, 09.09.2021.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик