Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Viktor Kumikov: «O‘zbek futboli darajasi pasaygan»

Viktor Kumikov: «O‘zbek futboli darajasi pasaygan»

Baho:
+ | -

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Andijon" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bahs olti ochkolik ekanligini barchamiz his qilib turgandik. Balki bugun yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagandirmiz. Biroq uch ochko ishlashni uddasidan chiqa oldik, deb o‘ylayman. Umuman olganda maydonda tengma-teng kurash kechdi", — deydi Viktor Kumikov.

— Legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. O‘yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Pavel Zabelinni tushirdingiz. Ertaroq tushganida foydasi ko‘proq tegishi mumkin edimi?
— Jamoamizdagi bir nafar legioner Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U hali tiklanishga ulgurgani yo‘q. Lekin har ehtimolga qarshi ushlab turdik. Umuman olganda yomon o‘ynamadi.

— O‘z vaqtida "Mash’al"da faoliyat olib borgansiz. O‘sha vaqtdagi jamoa bilan hozirgisi o‘rtasida farq katta. Bugun mazkur jamoani yutishni bilarmidingiz?
— Men "Mash’al"ni boshqargan vaqtimda futbolchilar kuchliroq edi. Jamoa yuqori o‘rinlar sari kurashgan. Hozirda bunday darajadagi futbolchilar yo‘q. Mening fikrimcha, futbol darajasi pastladi. Buni o‘zbek klublarining xalqaro maydondagi ishtiroki ham aytib turibdi. O‘zbekiston chempionatida bir nechta kuchli jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun kurashardi. Hozir faqat "Paxtakor" favorit. Qolgan o‘rinlardagi jamoalarning saviyasi deyarli bir xil. Kimda pul bo‘lsa barqaror qatnashmoqda. Akademiyasi, infratuzilmasiga ega klublar qolganlardan ajralib turibdi.

— Sizningcha, bugun "Mash’al" o‘ynay olmadimi yoki to‘p tepishni istamadimi?
— "Mash’al" yomon o‘ynamadi. Bizga bosim uyushtirishga harakat qildi. Biz penaltini golga aylantirdik.

— Aleksandr Xomyakov bilan munosabatlaringiz qanday?
— Yaxshi. U Qozog‘iston chempionatida qo‘l ostimda to‘p tepgan. Aleksandr Xomyakovni murabbiy sifatida O‘zbekistonga olib kelganman. Munosabatlarimiz ko‘ngildagidek.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:10, 09.09.2021.
O'qildi: 3989 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.