Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor - Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, unga yodgorlik o‘rnatildi

Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, unga yodgorlik o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Vatanimiz sporti tarixida afsonaviy Lina Cheryazovaning o‘rni beqiyos. Mustaqil O‘zbekistonning ilk Olimpiada chempioni 2019 yil og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining faxriy sportchilarimizga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish bo‘yicha bergan topshirig‘iga binoan Cheryazova dafn etilgan qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Lina Cheryazova 2019 yil 23 mart kuni vafot etdi. Fristayl bo‘yicha Lillexammer-1994 qishki Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni dafn qilingan Rossiya Federasiyasi, Novosibirsk shahri, «Kleshchinskiy» qabristonida unga yodgorlik o‘rnatildi. Mazkur tadbirda MOQ, Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Yodgorlikka Cheryazovaning tug‘ilgan kuni va o‘limi qayd etilgan sanadan tashqari “Fristayl bo‘yicha O‘zbekistonning Olimpiada va jahon chempioni” degan ta’rif ham bitilgan.



Fristaylning akrobatika yo‘nalishida yurtimiz sha’nini himoya qilgan ushbu sportchimiz sharafiga qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk bor O‘zbekiston davlati madhiyasi yangragan. Shuningdek, u 1993 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun “Mehnat shuhrati” ordeni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Lina Anatolevna Cheryazovaning xotirasini abadiylashtirish yo‘lida yordam bergan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 07:02, 10.09.2021.
O'qildi: 5933 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.