Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

YECHL. Hujumchilar «Atletiko»ga g‘alaba keltirishi mumkin

YECHL. Hujumchilar «Atletiko»ga g‘alaba keltirishi mumkin

Baho:
+ | -

Kelasi haftadan Chempionlar Ligasi yangi mavsumi boshlanadi.

Jamoalar musobaqada qatnashadigan futbolchilar ro‘yxarini e’lon qilishdi. Hozirgi maqolamiz orqali Diyego Simeone boshqarayotgan «Atletiko»ning joriy mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchilar va tarkibga to‘xtalib o‘tamiz.

O‘tgan mavsum boshida «Barselona»dan Luis Suares kelib qo‘shilgan bo‘lsa, joriy mavsum boshlanmasidan oldin bu ishni Antuan Grizmann bajardi. Yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida fransiyalik forvard 40 mln yevro evaziga sobiq jamoasi safiga borib qo‘shildi. Bundan tashqari, Braziliya bilan Olimpiadada chempion bo‘lgan Mateus Kunya «Gerta»dan sotib olindi. Rodrigo de Paul «Udineze»dan olib kelindi. Saul Niges esa bir mavsumga «Chelsi» klubiga ijaraga berildi.

Endi madridliklarning bu mavsum YECHL uchun to‘liq tarkibi bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: Yan Oblak, Benjamin Lekomt

Himoyachilar: Serxio Kamus, Felipe, Xose Mariya Ximenes, Fran Gonsales, Mario Ermoso, Renan Lodi, Stefan Savich, Kiran TripYE, Sime Vrsalko

Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul, Ektor Errera, Jofri Kondogbia, Toma Lemar, Markos Lyorente, Koke

Hujumchilar: Anxel Korrea, Joao Feliks, Yannik Karrasko, Antuan Grizmann, Mateus Kunya, Luis Suares

«Atletiko» bir necha yillardan beri Yan Oblak singari ajoyib va dunyoning eng yaxshi darvozabonlardan birining xizmatidan foydalanib kelmoqda. Bu mavsum ham uning mahorati ko‘p hollarda «matraschilar»ga qo‘l kelishi mumkin. Sloveniyalik jamoaning asosiy posboni sanaladi.

Himoya chizig‘ida TripYE, Ermoso, Ximenes, Lodi asosiyda tushishi mumkin. Lekin, ularni boshqa istalgan himoyachi ham to‘ldira oladi. Jamoa mudofaa chizig‘ida yulduzlar bo‘lmasa ham teng kuchli ikki tarkib mavjud. O‘rtamiyonaga yaqin himoyachilardan tashkil topgan deyish ham mumkin. Diyego Godin kabi top fulbeklar «Atletiko»ga yetishmayapti.

Yarim himoya chizig‘ini ham u qadar kuchli deb bo‘lmaydi. Kondogbia va de Paul tan olish kerak, Pogba, Kante singari xavbeklar bilan daraja va mahorat bobida tenglasha olmaydi. Shunday ekan, bu xaridlarni top darajali deb aytish noto‘g‘ri. Koke ancha tajribali va hozirda jamoaning yetakchisi hisoblanadi. Lyorente ham yillar davomida o‘yinini yaxshilab olishga erishdi. Lemar esa «Monako»da porlaganidek yuqori darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti.

Jamoaning eng ustun tomoni - bu shubhasiz hujum chizig‘i hisoblanadi. Yoshi o‘tib borayotgan bo‘lsada, gol isini yaxshi sezadigan Luis Suares ham, o‘zining eng yuqori formasida «Atletiko» bilan katta natijalarga erishgan Antuan Grizmann ham shu yerda. Bundan tashqari Joao Feliks ham sekin-asta jarohatidan tuzalib maydonga qaytmoqda. Uning texnikasi va salohiyatini oertiqcha tariflash shart emas. Anxel Korrea, Yannik Karrasko va Mateus Kunyaning ham darajali yomon emas. Bir so‘z bilan aytganda, «Atletiko» joriy mavsum hujumchilarining say-harakatlari hisobiga biror bir natija qayd etishi mumkin.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:36, 10.09.2021.
O'qildi: 3460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.