Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Tatariston Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasini qabul qildi

Tatariston Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasini qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

9 sentyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovni qabul qildi.

Unda Tatariston tomondan Respublikaning bir qator yuqori martabali vakillari, O‘zbekiston tomonidan mamlakatimizning Tataristondagi Bosh konsuli Farid Nasriyev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Babadjanov ishtirok etdi.

Samimiy suhbatda Rustam Minnixanov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tatariston Respublikasi bilan hamkorlikka bo‘lgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Bizning o‘zaro aloqalarimiz va qo‘shma loyihalarimiz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ikki mamlakat prezidentlari tomonlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etish muhim deb hisoblaydilar», - dedi Tatariston Respublikasi Prezidenti.

Shu bilan birga, Rustam Minnixanov joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvini iliqlik bilan yodga oldi. Tatariston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlarga yaqqol sezilayotganini alohida qayd etdi.

Aziz Abduhakimov, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston-Tatariston o‘rtasida ko‘p tomonlama, xususan turizm, madaniy meros va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida so‘z yuritdi va bunda xalqaro tadbirlarning o‘rni nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:22, 10.09.2021.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик