«San -Paulu» himoyachisi va sardori Dani Alves jamoani tark etish niyatida.
«Uchranglilar» futbolchidan maosh borasida ancha qarzga o‘tib qolgan. Bu esa futbolchiga yoqmayapti. Braziliya klubi Alvesdan 1,8 million yevroga qarzdor.
Alves «San-Paulu»dan ketishni o‘ylab ko‘radi, lekin faoliyatini tugatmoqchi emas. 38 yoshli himoyachiga BAA va Saudiya Arabistonidan takliflar kelib tushgan.