Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Mirjalol Qosimov: «Oldimizga doimo oliy maqsadlar qo‘yamiz»

Mirjalol Qosimov: «Oldimizga doimo oliy maqsadlar qo‘yamiz»

Baho:
+ | -

Soca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – AGMK (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Qosimov o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugun chiroyli, jangovar o‘yin bo‘ldi. Ikki bo‘limda  ham ochiq o‘yin guvohiga aylandik. Kim gol ursa, o‘sha jamoa yutib ketardi. Yigitlarimiz so‘nggi daqiqagacha harakat qilishdi, ammo yakunda baribir jangovar durang qayd etildi.

— Uchrashuv natijasidan qoniqdingizmi?

— Albatta, g‘alaba qozonganimizda yanada yaxshi bo‘lardi. Ikkala jamoa bir ochkodan oldi, boriga shukur. Qaytaraman, kimning omadi kelib gol urganida, o‘sha jamoa zafar quchardi.

— O‘tgan mavsumda AGMK bronza medalini qo‘lga kiritgandi. Bu yil jamoaning oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?  

— Biz har bir o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz va muxlislarga chiroyli o‘yin ko‘rsatish uchun o‘ynaymiz. Chempionat oxirida kim qaysi o‘rinda bo‘lishi ma’lum bo‘ladi. Oldimizga doimo oliy maqsadlar qo‘yamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:13, 11.09.2021.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик