O‘tgan yozda "Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylz katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Futbolchi Instagramdagi sahifasida "kanonirlar" rahbariyatidan uni boshqa klubga qo‘yib yuborishni talab qilganligi haqida post joylashtirdi.
"Everton" futbolchining Londondan ketish istagini qondirishga tayyor, u qishda to‘laqonli transferni amalga oshirmoqchi, deb xabar beradi The Sun nashri.
Aytgancha, "irislar" barcha hujjatlarni o‘z vaqtida imzolashga urinishlariga qaramay, avgust oyining oxirgi kunida Meytlend-Naylzni sotib ololmadi.
Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali mutaxassislari yarimhimoyachining narxini 17 million yevroga baholamoqda.