Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

APL. «Lester» o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi (prevyu)

APL. «Lester» o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun "King Pauer" stadionida «Lester» - "Manchester Siti" uchrashuvi o‘tkaziladi.

Bilasizmi?

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi Premyer-Liganing 10 o‘yinida Pep Gvardiolaning "Manchester Siti" jamoasiga 8 gol kiritgan. Bu Gvardiola boshqargan jamoalar darvozasiga boshqa futbolchilar tomonidan kiritlgan gollar ichidan eng yuqorisi hisoblanadi. Vardi ikki bor xet-trikka erishgan - 2016, dekabr va 2020, sentyabr.

«Lester» musobaqada amaldagi chempionlarga qarshi oxirgi 5 uy uchrasuvining uchtasida g‘alaba qozongan (2 mag‘lubiyat). O‘tgan mavsumda «Liverpul» mag‘lub etilgan (3:1).

"Manchester Siti" a’zosi Ferran Torres oxirgi 6 APL o‘yinida 6 golli vaziyatlarda qatnashgan (5 gol va bir assist). U musobaqaning birinchi 21 o‘yinida shuncha golli vaziyatlarda ishtirok etgandi - 4 gol, 2 assist.

Jamoalarning oxirgi 11 uchrashuvida durang qayd etilmagan — "Manchester Siti" 7, «Lester» 4.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Pol Tirni

Qanot hakamlari: Konstantin Hatzidakis, Nil Devis

Zaxira hakami: Endi Medli

VAR: Andre Marriner

VAR yordamchisi: Richard Vest

 

Taxminiy tarkiblar

Lester - Shmeyxel, Kastan, Evans, Soyunju, Tomas, Ndidi, Tilemans, Barns, Olbrayton, Meddison, Vardi

Manchester Siti - Karson, Uoker, Diash, Stouns, Kanselu, Bernardu, Rodri, Gyundogan, Sterling, Grilish, Torres

 

Yo‘qotishlar

«Lester» safida Uesli Fofana, Jeyms Jastin, Nampalis Mendi jarohat sabab maydonga tusha olishmaydi. Ayoze Perez esa diskvalifikasiya qilingan. Jonni Evans, Yannik Vestergaard, Rikardu Perreyraning qatnashishi so‘roq ostida.

«Shaharliklar» tarkibida Fil Foden va Kevin de Bryuynening o‘ynashi noma’lum. Zak Steffen va Emerik Lyaport yaxshi sport formada emas. Benjamin Mendi boshqa sababga ko‘ra o‘ynay olmaydi.

 

Raqamlar

«Lester»ning oxirgi 7 uchrashuvidan oltitasida 2,5 tadan ko‘p gol kiritilgan (Premyer-Liga).

"Manchester Siti" APLning so‘nggi 6 bahsining beshtasida kamida ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘’lgan.

Jamoalar APLda o‘zaro 20 marta to‘qnash kelishgan. 7 marta «tulkilar» g‘alaba qozongan, 11 marta Manchester klubining qo‘li baland kelgan. Ikki bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Jamoalarning shu paytga qadar oxirgi o‘zaro o‘yini joriy yilning 3 aprel kuni o‘tkazilgan va unda "Manchester Siti" g‘alaba qozongan — 0:2.

 

Eslatib o‘tamiz, «Lester» - "Manchester Siti" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:37, 11.09.2021.
O'qildi: 2130 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик