Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

APL. «Chelsi» tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin (prevyu)

APL. «Chelsi» tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin (prevyu)

Baho:
+ | -1

Angliya chempionati 4-turi doirasida «Chelsi» o‘z maydonida "Aston Villa"ni qabul qiladi.

Bilasizmi?

Agar «Chelsi» g‘alaba qozonsa, Premyer-ligada g‘alaba qozonish bo‘yicha 600 lik dovonni zabt etgan ikkinchi jamoaga aylanadi. Bunga qadar bu ishni "Manchester Yunayted" (689) uddalagan.

Romelu Lukaku "Aston Villa"ga qarshi oxirgi 5 APL o‘yinining barchasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan, jami 6 gol. Belgiyalik "Stemford Bridj"da APL doirasidagi 11-uchrashuvini o‘tkazadi va birinchi golini urishni kutmoqda.

"Aston Villa" o‘tgan mavsum APLda «Chelsi»ga qarshi bahs bilan mavsumni yakunladi (2:1, g‘alaba). Ular Ron Atkinson qo‘lostidagi 1993 yil oktyabr oyidan beri «ko‘klar»ni ketma-ket ikki liga o‘yinida mag‘lub etishmagan.

Denni Ings APLda asosiy tarkibda maydonga tushgan oxirgi 9 o‘yinida 8 golli vaziyatlarda ishtirok etgan (6 gol va 2 assist). U "Aston Villa" uchun 3 uchrashuvda 2 gol va bir assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Styuart Atuell

Qanot hakamlari: Den Kuk, Simon Long

Zaxira hakami: Robert Jons

VAR: Kris Kavanag

VAR yordamchisi: Den Robatan


Taxminiy tarkiblar

Chelsi - Mendi, Kristensen, Silva, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Jorjinyo, Kovachich, Xaverts, Maunt, Lukaku

Aston Villa - Stir, Kesh, Konsa, Mings, Targett, Luiz, MakGin, Beyli, El Gazi, Ings, Uotkins


Yo‘qotishlar

«Chelsi» tarkibida Ngolo Kante maydonga tusha olmaydi. Uning jarohati bor. Kristian Pulishichning o‘ynashi esa so‘roq ostida turibdi. «Liverpul» bilan bahsda chetlatilgan Ris Jeyms bu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Aston Villa"da esa Trezege, Keynan Devis, Kerni Chukuvumeka jarohat bois maydondan tashqarida. Morgan Sanson, Bertran Traore esa sport formasini tiklab olmagan. Emiliano Martines, Emiliano Buendia boshqa sabablarga ko‘ra maydonga tusha olmaydi.


Raqamlar

"Aston Villa"ning oxirgi 5 safar uchrashuvida 2,5 tadan ko‘p gol kiritilgan (Premyer-Liga).

"Aston Villa" so‘nggi 4 safar o‘yinida kamida ikkitadan gol urdi (Premyer-Liga).

«Chelsi» barcha musobaqalarda "Aston Villa"ga qarshi so‘nggi 6 uy o‘yinida mag‘lubiyatsiz bo‘lib qolmoqda.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari soni 52ta. Shularning yarmi «aristokratlar» foydasiga hal bo‘lgan. 13 uchrashuvda esa birmingemliklarning ustunligi kuzatilgan. Yana 13 bahsda durang natija qayd etilgan.

Joriy yilning 23 may kuni o‘tkazilgan bahsda "Aston Villa" «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» - "Aston Villa" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:03, 11.09.2021.
O'qildi: 3329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик