Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Yoqimtoy «Lids» Kloppning «jiddiy» yigitlariga qarshi (prevyu)

Yoqimtoy «Lids» Kloppning «jiddiy» yigitlariga qarshi (prevyu)

Baho:
+ | -

«Lids Yunayted» klubi bugun o‘z uyi «Ellan Rod»da «Liverpul»ni mehmon qiladi. Ular yangi mavsumning dastlabki uchta turida g‘alaba qozona olmagan jamoalar qatorida edi. Marselo Byelsaning so‘nggi, «Byornli»ga qarshi o‘yini, garchand katta ustunlik bilan o‘tgan bo‘lsada, 1-1 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Quyida har ikki jamoaga tegishli bo‘lgan statistikalar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

 

«Liverpul» yangi mavsumning 3 ta o‘yinida 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. «Lids» esa barcha musobaqalardagi so‘nggi 3 ta o‘yinida mag‘lubiyatga uchramagan. Ammo APLda hali g‘alaba qozona olganicha yo‘q. Har ikki klub ham oxirgi turda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan. «Lids»ning Premyer Ligadagi so‘nggi 7 ta o‘yinidan 5 tasida jamoa o‘rtacha 3,5 tadan gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. «Liverpul» esa yaxshi sport formasiga qaytib bormoqda. Har ikki klubdan Janubiy Amerika vakillari to‘p surishadi. Angliyada esa ularga nisbatan ta’qiq qo‘yilish ehtimoli bor edi. Lekin unday bo‘lmadi. Endilikda raqiblar xalqaro tanaffusdan qaytgan janubiy amerikalik futbolchilarini tarkibga jalb etishi mumkin bo‘ladi. «Lids» o‘z futbolchisi Rafinyani tarkibiga qaytarsa, «Liverpul» Allison Beker hamda Fabinyolarni bahs qaynomasiga kiritadi.

 

«Lids»ning yozgi transferlar oynasidagi eng so‘nggi xaridi bo‘lgan Daniyel Jeyms aynan «Liverpul»ga qarshi ilk debyut o‘yinini nishonlashi mumkin. U jamoaga «MYU»dan Byelsa taklifiga binoan tashrif buyurgan. Mersisaydliklarda esa Virjil van Deyk o‘yinga tayyor, ammo Roberto Firminyo jarohati sabab maydonga tusha olmasligi ma’lum qilingan. «Liverpul» o‘tgan turda mehmonda «Norvich»ni 0-3 hisobida taslim etgan edi. Ular bu bilan mehmondagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabaga erishdi. O‘tgan mavsumda «Lids» Yurgen Klopp shogirdlarini safarda uch ochkodan mahrum etgan oxirigi jamoa bo‘lgan edi. O‘shanda ular Sadio Manening to‘piga Diyego Lyorentening hisobni durang qilgan goli bilan javob bera olgan. Mezbonlar o‘z uyida o‘ynashiga qaramasdan, biror natijaga erishishi amri mahol. Chunki «Liverpul» tarkibi raqibdan bir yarim bosh ustunlik qiladi. Lekin Byelsa yangi syurprizlar tayyorlashdan charchamaydigan inson.

 

«Liverpul»ning yangi mavsumdagi g‘alabali seriyasi xalqaro tanaffusdan oldin «Chelsi» bilan durang o‘ynash orqali yakuniga yetgan edi. Klopp jamoasi o‘shanda ikkinchi bo‘limda 10 kishilik raqibga qarshi o‘ynagan bo‘lsa ham, g‘alaba qozona olmagan. «Lids» ilk turda «MYU»ga qarshi 5-1 hisobida mag‘lub bo‘lgach, barcha turnirlardagi uchtalik g‘alabali seriyasi uzilib qoldi. Keyingi turlarda esa «Everton» hamda «Byornli» bilan durangga imzo chekkan. Bugun ular ilk g‘alabasini tantana qilishi mumkin bo‘ladi. Jamoaning hujumdagi quroli Patrik Bemford bugungi jang uchun tayyor holda ekanini hisobga olsak, buni iloji bor.

 

«Liverpul» so‘nggi uchta turda ikkita quruq o‘yin o‘tkazgan. Ular o‘sha ikkita o‘yinda «Norvich» va «Byornli»ni mag‘lub eta olgan. Ammo «Lids», qizillar himoyasi uchun haqiqiy sinov bo‘la oladi. G‘arbiy Yorkshir jamoasi bu mavsumda 4 ta o‘yining har birida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. «Liverpul» bilan bahsda ham o‘tgan mavsumning har ikkita davrasida gol ura olgan. Shunday ekan, mezbonlar bu qarama-qarshilikda hech bo‘lmasa gol urishni eplaydi.

 

Tahminiy tarkiblar:

«Lids» uchun:
Darvozada: MesliYE;
Himoyada: Eyling, Kuper, Lyorente, Rafinya, Filips;
Yarim himoyada: Rodrigo, Dallas, Jeyms, Bemford;
Hujumda: Harrison. (5-4-1)

«Liverpul» uchun:
Darvozada: Allison;
Himoyada: Aleksandr-Arnold, Matip, Van Deyk, Robertson;
Yarim Himoyada: Tiago, Fabinyo, Henderson;
Hujumda: Salah, Jota hamda Mane. (4-3-3)

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsni bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30dan boshlab, «Futbol TV» orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

 

Jaloliddin ISMATOV  tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:39, 12.09.2021.
O'qildi: 2560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.