Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
14/03 19:30 Buxoro 1-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

YECHL. Iste’dodlarga boy «Ayaks» klubi haqida

YECHL. Iste’dodlarga boy «Ayaks» klubi haqida

Baho:
+ | -

Kelasi hafta Yevropa Chempionlar Ligasi yangi mavsumining guruh bosqichi boshlanadi.

Biz unda qatnashadigan klublar haqida ma’lumot berishda davom etamiz.

Bugun Niderlandiyaning asosiy jamoasi bo‘lgan «Ayaks» haqida. "Lolalar yurti" sharafini himoya qiladigan Amsterdam klubi joriy mavsum YECHLni S guruhida boshlaydi. Mazkur guruhdan Dortmundning «Borussiya» klubi, «Beshiktosh» va Portugaliyaning «Sporting» jamoasi joy olishgan. Jamoa birinchi o‘yinni 15 sentyabr kuni Lissabonda o‘tkazadi va «Sporting» mehmoni bo‘ladi.

AYAKS

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 17

Qanday qilib yetib kelishdi: Niderlandiya chempioni

O‘tgan mavsum: Guruh bosqichi (UYEFA Yevropa Ligasi chorak-finali)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: G‘olib (1970/71, 1971/72, 1972/73, 1994/95)

 

Bosh murabbiy: Erik ten Xag

51 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum shartnomasini bir yilga uzaytirdi. «Ayaks»ni Niderlandiyada asosiy kuchga aylantirgan Ten Xag o‘zining Yevropadagi ajoyib natijasini yana takrorlashni maqsad qilgan. Ikki yil avval u amsterdamliklarni Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqgan edi.

Asosiy futbolchi: Dushan Tadich

Serbiyalikning «Ayaks»dagi statistikasi yomon emas: 153 o‘yinda 78 gol va 71 assist. Chap qanotda keng o‘ynay oladigan va aldamchi to‘qqizlik pozisiyasida ham yaxshi harakat qila oladigan Tadich to‘pni o‘ziga moslashtirishi va sheriklariga ham bo‘sh hudud ajrata olishi bilan ajralib turadi. Yana bir muhim jihat shuki, futbolchi ikkala oyoqda ham to‘pni darvozaga yo‘llay oladi.

Eng katta yozgi xaridi: Stiven Bergeys

Niderlandiyalik vinger «Feenord»dan azaliy raqib hisoblangan «Ayaks»ga o‘tishi orqali noodatiy yurishni amalga oshirdi. Shu bilan birga uning sovrinlar yutish uchun xohishi va Chempionlar Ligasida harakat qilish istagi juda ham kuchli edi. Uning ajoyib krosslari va qisqa masofalarga kesib uzatilgan uzatmalari va gol ura olish uchun bo‘sh nuqtalarni ko‘ra olish qobiliyati bilan «Ayaks» hujumini yanada xavfli ko‘rinishga olib keladi.

O‘yinini ko‘rish kerak: Rayan Gravenberx

19 yoshli xavbek o‘tgan mavsum «Ayaks» markazida muhim rol o‘ynadi (Evrokuboklar, kubok va Yerediviziyada jami 47 o‘yin). Shuningdek, Niderlandiya terma jamoasida ham dastlabki 7 o‘yinini o‘tkazishga ulgurdi. Aqlli, kuchli va «Ayaks»ning yoshlarni rivojlantirish tizimining iste’dodli mahsulotida top futbolchi bo‘lish uchun barcha fazilatlar mavjud.

Bilasizmi?

Bu 2015 yildan beri «Ayaks» o‘z akademiyasi o‘yinchilarini kamida 13 mln yevroga sotmagan birinchi yozgi transferi bo‘ldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:06, 12.09.2021.
O'qildi: 2381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz