Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

YECHL. Jozibador o‘yini orqali yaxshi tanish «Atalanta» haqida

YECHL. Jozibador o‘yini orqali yaxshi tanish «Atalanta» haqida

Baho:
+ | -

YECHL ishtirokchilari haqida ma’lumot berishda davom etamiz. Navbat hujumkor va jozibali o‘yini orqali ko‘plab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan "Atalanta" klubiga.

ATALANTA

UEFA reytingi (2020/2021 yakuni): 27

Qanday yetib kelishdi: Italiya chempionatida 3-o‘rin

O‘tgan mavsum: nimchorak final (mag‘lubiyat, umumiy 1:4 «Real»)

Yevrokuboklaradagi eng yaxshi natijasi: chorak final (2019/20)


Bosh murabbiy: Jan Pyero Gasperini

63 yoshli taktik «Atalanta»ning mo‘’jizaviy natijalari ortida turgan asosiy qurol hisoblanadi. Ushbu murabbiy bilan jamoa ketma-ket uch mavsum Italiyada uchinchi bo‘ldi va 2020 yilda Chempionlar Ligasi chorak finaliga yetib bordi. "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola Gasperini haqida shunday degandi: "Gasperinining «Atalanta»si bilan to‘qnash kelish tish shifokoriga borishga o‘xshaydi".

Asosiy o‘yinchi: Robin Gozens

Gozens (Germaniya) va Yoaxim Melye (Daniya) ushbu yozgi Yevroda eng ajoyib ko‘rsatgan qanot himoyachilari qatorida bo‘lishdi. «Atalanta»ning uch nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynayotganida vingerlarning qadri yana ham ortadi va Gozens imkoniyati yetganicha chap qanotda o‘z salohiyatini namoyish etib kelmoqda.

Yozgi eng katta xaridi: Merih Demiral

«Tottenxem» safiga borib qo‘shilgan Kristian Romeroning o‘rnini to‘ldirish oson vazifa emas. Ammo, Demiral faoliyatining birinchi davrida katta salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Odatda Gasperini jamoasida markaziy himoyachilar sezilarli o‘sishga erishishadi. Turkiyalik himoyachi bu yurishidan katta manfaat ko‘rishi mumkin.

O‘yinini ko‘rish kerak: Matteo Lovato

Lovatoga ham yuqoridagi gaplarni bemalol ishlatish mumkin. O‘tgan mavsum «Verona» safida 24 o‘yinida ishonchli harakat qilgan Italiyaning U-21 jamoasi a’zosi «Atalanta» tarkibida Demiralga munosib sherik bo‘lishiga ishonish mumkin. Ayni vaqtda fulbekning transfer qiymati 7 mln yevroni tashkil etmoqda va joriy mavsum bu narx bir necha barobarga yuqorilash ehtimoli ham yo‘q emas.

Bilasizmi?

2003/04 yilgi mavsumdan beri Chempionlar Ligasida debyut qilgan barcha jamoalar orasida «Atalanta» dastlabki ikki mavsumida ham musobaqaning guruh bosqichidan pley-offga yo‘l olishni uddalagan uchinchi klub sanaladi. Bunga qadar «Vilyarreal» va «Sevilya» kabi ispan jamoalari bu ishni uddalashgan.

«Atalanta» joriy mavsum YECHLdagi ishtirokini F guruhida boshlaydi. Bergamoliklarning raqiblari: "Manchester Yunayted", «Vilyarreal» va "Yang Boys" (Shveysariya). Birinchi uchrashuv 14 sentyabr kuni safarda Ispaniya klubiga qarshi o‘tkaziladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:39, 12.09.2021.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.