Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Napoli 2-0 Verona
14/01 00:45 Monsa - Fiorentina
14/01 01:00 Real Sosyedad - Vilyarreal
14/01 22:30 Komo - Milan
15/01 00:30 Brentford - Manchester Siti
15/01 00:30 Vest Xem - Fulhem
15/01 00:30 Chelsi - Bornmut
15/01 00:45 Atalanta - Yuventus
15/01 01:00 Nottingem Forest - Liverpul

Omadini yo‘qotgan Timo Verner. Siz ham uni tanqid qilgan bo‘larmidingiz?

Omadini yo‘qotgan Timo Verner. Siz ham uni tanqid qilgan bo‘larmidingiz?

Baho:
+ | -

Uning xato qilishga haqqi yo‘q.

Nemis futbolchisi o‘yinlarini kuzatar ekansiz, shunga o‘xshash narsa «Chelsi»ga o‘tgandan keyin Fernando Torres va Morata bilan sodir bo‘lganini bevosita esga olasiz. Bu ro‘yxatga Andrey Shevchenkoni ham qo‘shish mumkin.

“Chelsi”da har bir hujumchi o‘ynab ketolmaydi, bu har doim ham inobatga olinishi kerak. Lukaku yoshligida ikkinchi Drogba bo‘lmadi. Ammo endi Didye Belgiya terma jamoasida rekordlarga ega bo‘lgan tajribali belgiyalik muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi. Ko‘ramiz, chunki forvardga aynan Vernerning ishonchsiz harakatlari tufayli jamoaga olib kelindi.

“Chelsi” muxlislari Verner borasida ikkiga bo‘lindi. Ba’zilar nemisning ideal pozisiyadan gol ura olmagan vaziyatlar haqida hazillashib, xotirjam munosabatda bo‘lishadi, chunki ular bunga allaqachon o‘rganib qolgan. Boshqalar esa, futbolchining noaniq haraktlari va uning xatolari aysbergning uchi ekanini ta’kidlashadi.

U ikkila oyoqda ham birday o‘ynaydi, garchi u asosan o‘ng oyoqda zarba bersa ham, chap qanotga o‘tsa, o‘yinni oqilona o‘qiydi. Verner raqiblarini oson aldab o‘tadi. Uslublar boshqacha bo‘lsa-da, bu Azarning yondashuviga o‘xshaydi. Ammo hujumchi bo‘sh darvoza oldida turganida, biz aql bovar qilmas xatolarni ko‘ramiz. Shunday xatolarni biz Islandiya termasiga qarshi kechgan bahsda ham ko‘rdik. U bir necha qulay imkoniyatlardan foydala olmay 88-daqiqada kelib o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Muxlislar orasida bir gap bor. Ba’zida Vernerga qiyin vaziyatdan gol urish, ochiq darvozaga gol urishdan osonroq bo‘lib chiqadi. Sharhlovchilar uning gollariga “Baribir ham u gol urdi”, degan iqtibosni qo‘llashga o‘rganib qoldi. Ammo hujumchiga bitta gol uchun 2-3 qulay imkoniyat kerak bo‘lganda hamma ham bundan zavqlanmaydi.

Tuxel Timoning markaziy hujumchi emasligini tushunadi. Morataga kelsak, u ko‘proq boshda o‘ynash uchun jamoaga olib kelingandi. Torres esa uslubga tushmagan futbolchi. Fernandoning “Chelsi”ga foydasi tekkandi, ayniqsa Yevropa musobaqalaridagi individual harakatlari jamoa joniga oro kirgan vaziyatlar bo‘lgan. Shevchenko jamoaga kelgan vaqtda uning beli bilan muammolari bor edi. Timo Verner esa tartibsiz odam bo‘lgani uchun jamoada o‘z uslubini va o‘rnini topa olmayapti. Masalan, butun pandemiya paytida u bir marta o‘ziga-o‘zi taom tayyorlagan. U futbol o‘ynashdan boshqa hech narsani bilmaydi.

Qaynatilgan makaron va ketchupdan boshqa taom tayyorlashni bilmaydi. Boshqa hollarda, u ovqatni buyurtma qilishni yoki do‘stining ayoli pishirgan taomlarni tanavvul qiladi. Bunday odamning Londonda topilgani ham uning omadi. “Chelsi”dagi sheriklari tomonidan doimo masxara qilinadigan, kulgili ovozli yigit doimo o‘z qobig‘iga o‘ralib yashaydi.

Verner samarali harakatlari bilan doyim APLning statistikalarida yuqori o‘rinlarida turadi. Masalan, o‘tgan mavsumda Premyer ligada 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Verner pas berib, to‘pni darvozaga tepmasa, unda eng yaxshi fazilatlar namoyon bo‘ladi. Timo – tez, baquvvat, jasur va ayyor hujumchi. Ammo jarima maydonchasi ichida emas, chunki u pozisiyani yaxshi tanlaydi, ammo ko‘p hollarda noaniq zarba beradi.

Lukakuning kelishi Vernerga ko‘nikishiga yordam berishi mumkin, chunki Romelu terma jamoadagi Mertens yoki “Inter”dagi Lautaro Martines kabi atrofidagi g‘ayrioddiy hujumchilarga o‘rganib qolgan. Belgiyalik Vernerni qo‘llab-quvvatlaydi, agar Tuxel unga imkoniyat bersa. Axir nemis uchun bekorga shuncha pul to‘lanmayapti.

Verner jamoani o‘zgartirishi mumkin. Lukaku, Ziyesh va Pulishichning jamoada borligi Timoning asosiy tarkibda harakat qiladigan vaqtini kamayishiga sabab bo‘lishi tabiiy. Agar u 2022 yilgi Jahon chempionatidan oldin klubda zaxira o‘rindig‘iga o‘tirsa, nemis, albatta, transfer qilinib ketishni tanlaydi. Flik Germaniya terma jamoasiga hech qanday o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan hujumchini jalb qilmaydi.

Timoda transfer variantlari bor. Hujumchi yosh va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun unga ko‘plab klublardan takliflar chiqishi aniq. Balki Pini Zaxavi Levandovskini bu mavsumdan keyin jamoasini o‘zgartirishga ishontirar. Bu holatda “Bavariya”ga hujumchi kerak, yangi murabbiy esa Vernerning o‘ziga xos xususiyatlarini biladi.

Levandovskining ko‘rsatkichlari bilan tenglashib bo‘lmaydi. U Gerd Myullerning rekordini yangiladi, Timo buni uddalay olmasligini o‘zi ham yaxshigina tushunsa kerak. Ammo futbolchi katta klubga foyda keltirishga qodir.

«Leypsig»da u ayni o‘z o‘rnida edi, lekin Premyer-liga diqqat markazida emas edi, shuning uchun uning xatolari kam muhokama qilinardi. Terma jamoada va “Chelsi”da butun dunyo Timoni kuzatadi va uning bo‘sh darvozaga qanday qilib gol urolmayotganini muhokama qiladi. U transfer oynasida “Yuventus” yoki “Bavariya”ga o‘tmadi, buning sababi esa u Premyer-ligada jang qilmoqchi.

Londonda rotasiya bo‘lishi muqarrar, Mount turli pozisiyalarda o‘ynashi mumkin, Verner esa Lukakuga yordam bera oladi. Bu mavsum nemis uchun Premyer-ligada hal qiluvchi bo‘ladi. Agar u ko‘p narsani tushunmasa, u albatta ketadi. “Chelsi”ga o‘tganidan beri Vernerning transfer narxi faqatgina o‘sib kelyapti. Transfer narxida uning noaniq harakatlari o‘z aksini ko‘rmatmasligi bunga sabab bo‘lib turibdi.

Juda kamdan-kam hollarda bunday klasdagi futbolchilar birga-bir vaziyatlarda xato qilishi kerak. Tuxel hozirda faqat Saulni Jorjinyoga, Kanteni Kovachichga o‘rin bosar qilmoqchi, balki Verner ham Lukakuni o‘rnini egallashga harakat qiladi. 3-4-1-2 sxemasidagi o‘ynaganda Mount bilan pleymeyker sifatida undan foydalansa bo‘ladi.

Agar Meyson va Xavers 3-4-2-1 sxemasida boshlang‘ich pozisiyalarni egallab olishsa, Verner yozda “Yuventus”ga o‘tishga rozi bo‘lmaganidan afsuslanadi. Ammo, ehtimol, Nagelsmann u bilan shaxsan bog‘langan va “Bavariya” murabbiyi undan jamoada bir muddat qolishini so‘rgan bo‘lishi mumkin. Chunki u Levandovskidan ancha yosh va hujumda bir nechta pozisiyada o‘ynay oladi.


Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 17:25, 12.09.2021.
O'qildi: 3428 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.