Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyor Imomxo‘jayev: "O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r"

Diyor Imomxo‘jayev: "O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r"

Baho:
+ | -

PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev Litvadagi futzal bo‘yicha jahon chempionati 1-turidagi O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuvidan keyino‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r. Ular mundialga borish bilangina kifoyalanishmayapti, ular jahon chempionatida g‘olib chiqishga intilishyapti. Shuning uchun ham ular zo‘r.

Futbolda iroda va tajriba degan tushunchalar bor. Futzalchilarimiz irodasi o‘yin 2:4 vaqtida ko‘rindi va ular katta qiyinchilik bilan muvozanatni tiklashdi. Qolganiga esa ozgina tajriba yetishmadi.

Shunday mag‘lubiyatlar bo‘ladiki, uni yaxshi kayfiyatda qabul qilasan. Kimgadir jiddiy e’tirozing bo‘lmaydi. Bugun biz shunday mag‘lubiyat bilan yuzlashdik. Shu temp va ishtiyoqda davom etishimiz kerak", deydi Imomxo‘jayev o‘z telegram kanalida.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 23:18, 12.09.2021.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик