13 karra Yevropa chempionlari Angliya milliy ligasining yosh iqtidorlarini tanlab, saralab olishda o‘ta ustasi farangga aylangan. Shu sabab tarixda ko‘plab APLning sobiq yulduzlari Madridda porlagan. Quyida sizga shunday futbolchilar o‘ntaligini havola etamiz.
1. Stiv Makmanaman (Angliya)
Stiv Mak «Liverpul» tarikibida 364 marta maydonga tushgach, 1999 yilda «Real»ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi. Ancha tajribali vinger bu ko‘chishdan keyin shonli onlarga ega bo‘ldi. U madridliklar safida ikki marta YECHLni, ikki marta La ligani va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘la olgan. Stiv « Los Blancos» tarkibida 157 marta maydonga tushgan. 1999-2000 yilgi mavsumdagi Yevropada tengsiz deb topilish, Makni chet el klubi bilan Yevrokuboklarda g‘olib chiqqan ilk ingliz futbolchisiga aylantirdi.
2. Devid Bekxem (Angliya)
2000 yillar boshidagi eng sotuvi baland futbolchi, Madridga ketishdan oldin «MYU» bilan oltita APL toji, YECHL sovrini hamda ikkita mamlakat kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Bekxem 2003 yilda ko‘chishni amalga oshiradi va Florintino Perezning galaktikos davriga eng mos tushgan futbolchilardan biriga aylanadi. 30 million yevrolik Devid Madridda tez orada o‘z o‘yinini qura boshlaydi.
3. Garet Beyl (Uels)
Uelslik superyulduz Garet Beyl yetti yillik «Real»dagi o‘yinlari mobaynida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi. U 2013 yilda 85 million funt evaziga sotib olingan edi. 4 marta YECHL g‘olibligi, bir marta mamlakat chempionligi, bir marta mamlakat kubogi, uch marta UEFA Superkubogi hamda uchta Klublar o‘rtasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan hujumkor futbolchi bilan bu borada bahslashish qiyin.
4. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
Buyuk futbolchini ko‘rsatgan o‘yini, uni mavqeyidan darak beradi. 438 o‘yinda 451 ta gol urish hammaga ham nasib etmaydi. Bu uchun daho bo‘lish lozim. Uning 2016 yilda «Bilbao» darvozasiga kiritgan akrobatik uslubdagi goli hammani yodida qolgan edi. Krishda bunday gollar kam emas, aslida. «Real» Ronaldu imzosi uchun «MYU»ga 94 million funt to‘lagan edi, o‘shanda. U klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Buni hech kim inkor eta olmaydi.
5. Luka Modrich (Xorvatiya)
Kichkina Luka qariyb 10 yildan beri «Real»ni yuragi bo‘lib keladi. U jamoada balansni ta’min etuvchi o‘yinchi. Toni Kross hamda Kazemiro bilan Modrich katta salohiyat hosil qilgan. 2012 yildan beri «Real» yarim himoyasini usiz tasavvur eta olmaymiz. U ketgach, joyi bilinishi aniq. 35 yoshli futbolchi 2018 yilda Oltin to‘p sovrinini olgan va bu mutlaqo haqqoniy edi.
6. Ruud van Nisterlooy (Niderlandiya)
68 ta uchrashuvda 46 ta gol, bu shunchaki rekord daraja. Ruud o‘z davrining eng yaxshi futbolchisi edi. U Fergyussen bilan oralari buzulgach, «MYU»dan «Real»ga o‘tib ketadi. Uning kelishi Madridda alanga kabi bo‘ldi. Jamoa o‘yinida o‘sish kuzatildi. Aytish kerakki, uning ketishi nisbatan tezroq ro‘y berdi. Ammo u dastlabki mavsumidayoq jamoasiga La ligani yutib bergan edi.
7. Maykl Oven (Angliya)
«Liverpul»dagi faoliyati bilan butun dunyoga yaxshi tanish bo‘lgan Oven 2004 yilda mersisaydliklar bilan xayrlashadi. «Real» esa shu zahoti u bilan bog‘lanib, 12 million evaziga sotib oladi. Futbolchi madriklar safida atigi bir mavsum harakat qilganiga qaramasdan, 45 ta uchrashuvda 16 ta gol sohibiga aylangan.
8. Xabi Alonso (Ispaniya)
O‘z davrining, balki butun davrlarning eng yaxshi va mukammal yarimhimoyachilaridan biri, Xabi Alonso mudofaaning kuchli tayanchi edi. Futbol maydonida murabbiylar ko‘rsatmasini og‘ishmay bajara oladigan inson, hamma uchun birdek sevimli bo‘lgan. Alonso «Liverpul»da yaxshi davrlarini o‘tkazdi. Ammo uning «Real»dagi 5 mavsumi sovrinlariga boy o‘tdi. U Yevropada hamda Ispaniyada jamoasini tengsizga aylantirgandi.
9. Aryen Robben (Niderlandiya)
«Real» katta mablag‘ istab o‘zining golland triosi: Robben, Sneyder hamda van der Vartni sotib yuboradi. Undan tushgan mablag‘ esa Ronaldu va Kakani olib kelish uchun sarf etiladi. Shunga qaramasdan kuchli chapaqay futbolchi bo‘lgan Robben Ispaniyadagi istalgan himoyachi yoki darvozabonni o‘zining zarbalari bilan ranjitib tashlagandi.
10. Tibo Kurtua (Belgiya)
Belgiyalik posbon «qaymoqranglilar»ga qo‘shilganidan keyin, Yan Oblakning 4 yillik «Zamora» sovrini(La liganing eng yaxshi darvozaboni sovrini)ni 2019-20 yilgi mavsum natijalariga ko‘ra, tortib olishga muvaffaq bo‘ladi. U La ligada hozirgacha 200dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan. Bunda «Atletiko»dagi paytlari ham hisobga olingan. U «Chelsi»ga ketib, undan «matraschilar» raqibi «Real»ga qaytib keladi. Kurtua «Real» tarixidagi eng qimmat darvozabonlar qatoridan joy olgan.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi