Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Kuman va Buskets «Bavariya»ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashishdi

Kuman va Buskets «Bavariya»ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida qatnashishdi

Baho:
+ | -

Bugun «Barselona» - «Bavariya» bahsi o‘tkaziladi.


«Barselona» yarim himoyachisi Serxio Buskets «Bavariya»ga qarshi uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ushbu o‘yinda yaxshi natija qayd etish muhim va ilk kerakli g‘alabamizni qo‘lga kiritish uchun top darajada o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilganmiz.

"Bavariya juda qiyin raqib. Ular kuchli, mustahkam va optimal ko‘rinishga ega. Raqib jamoa o‘yinning har bir qismini nazorat qiladi hamda debyutni muvaffaqiyatli boshlashga intiladi. Biz oson bo‘lmagan guruhdan joy oldik".

Serxio shuningdek jamoaning hozirgi yulduzlaridan biri Memfis va yangi davr haqida gapirib o‘tdi.

Memfis Depay haqida

"Memfis faqat gol va assistlari bilan emas, shu bilan birga mashg‘ulotlarda bajaradigan katta mehnati orqali ham hurmatga sazovor bo‘ldi. U juda ham yaxshi shartnomani imzoladi va umid qilamanki, bu klubdagi katta faoliyatning boshlanishi. U allaqachon muxlislar mehridan joy oldi va hayajonlanishga sabab bo‘lmoqda. Jamoaga juda ham tez moslashib ketdi va doim hozirligini ko‘rsatmoqda. U juda ham samimiy, jamoadoshlaridan nimadir o‘rganishga harakat qiladi va shu bilan birga ajoyib muhit yaratishni xohlaydi. Bunday futbolchilar bu yerda iliq kutib olinadi".

"Jamoadoshlarimiz xarakteri juda ham ahamiyatli. Leo ortiq biz bilan emasligini bilamiz, ammo bu yangi davrdan zavqqa to‘lyapmiz. Har doim maqsadga qarab intilamiz. Biz faqat bunga eng yaxshi yo‘l bilan erishishimiz kerak. Maydonda nima qilmoqchi ekanligimiz kundek ravshan. Biz o‘yinchilarga, murabbiylar va uning yordamchilariga ishonamiz. Ko‘plab o‘zgarishlar orqali og‘ir davrni boshdan kechirdik, biroq bu yerdagi hammaning yo‘nalishi bir tomonga qaratilgan.

Messining ketishi tizimga katta zarba bo‘ldi. Buni hazm qilish oson bo‘lmadi. Og‘ir vaqtlar edi. Ammo, hozir harakatlana olishimiz kerak".

 

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman ham «Bavariya»ga qarshi o‘yindan oldin fikrlarini bildirdi.

«Bavariya» tajribasi va yuqori individual sifatlari bilan buyuk jamoa ekanligini mukammal bilamiz. Juda og‘ir o‘yin bo‘ladi, ammo Chempionlar Ligasida raqobat qilishni intizorlik bilan kutyapmiz va ochilish o‘yinidayoq yaxshi natija qayd etishni istaymiz.

Jamoada o‘zgarishlar bo‘ldi va bizga vaqt kerak. Biroq, futbolda ko‘p vaqt berilmaydi va «Bavariya»ga qarshi o‘yin bizni qaysi darajada ekanligimiz haqida xulosa chiqarish uchun ayni muddao.

Yoshlarga imkon beradigan murabbiyman. Klub uchun eng yaxshisini qidiraman va qiyin holatda bo‘lsak ham rivojlanyapmiz. Yosh o‘yinchilar klubning kelajagi.

Hammaning jismoniy holati yaxshi. Xalqaro o‘yinlarda ishtirok etgan o‘yinchilar dam olishdi va boshqalari to‘g‘ri formaga kirib olish uchun qattiq mashg‘ulot o‘tkazishdi. Biz tayyormiz", — dedi Kuman.

Manba: fcbarcelona.com
Kiritildi: 10:15, 14.09.2021.
O'qildi: 3383 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.