Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kataloniya polisiyasi Bartomeu «Barselona» futbolchilarini obro‘sizlantirishga harakat qilgani haqidagi dalillarni topdi

Kataloniya polisiyasi Bartomeu «Barselona» futbolchilarini obro‘sizlantirishga harakat qilgani haqidagi dalillarni topdi

Baho:
+ | -

Kataloniya polisiyasi «Barselona» klubining sobiq prezidenti Jozep Bartomeuning yordamchisi Jaume Masferreraning uyida tintuv o‘tkazdi.

"Cadena SER" tarqatgan xabarga ko‘ra, sobiq rahbar jamoa futbolchilarini obro‘sizlantirishga aloqadorligi haqidagi dalillar topilgan. Ushbu mojaro 2020 yilda ro‘y bergan bo‘lib, u "Barsageyt" nomini oldi.

Topilgan hujjatlarga ko‘ra, Tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi kamida 4ta profil Bartomeuning topshirig‘iga ko‘ra futbolchilarni tanqid qilish maqsadida ishlatilgan. Hozirda esa ular blokirovka qilingan.

Bundan tashqari, Masferrer ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘yinchilarni obro‘sizlantirish maqsadida "Barsa" va "I3 Ventures" kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomani audit qilgan "Price Waterhouse Coopers" kompaniyasiga aloqador ekanini isbotlovchi hujjatlar qo‘lga kiritilgan. O‘shanda audit tekshiruvi "Barselona" o‘z o‘yinchilariga hujum uyushtirganini tasdiqlamagan, ammo tuzilgan shartnoma bozor narxidan ancha baland ekanini tan olgan.

Ma’lumot o‘rnida. 2020 yilning fevral oyida Bartomeu tushib borayotgan o‘z imijini ko‘tarish maqsadida turli ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini maqtash va futbolchilarni tanqid qilish kampaniyasini olib borgan. Tanqidga uchragan o‘yinchilar orasida hujumchi Lionel Messi, himoyachi Jerar Pike va "ko‘k-anorranglilar"ning boshqa futbolchilari bor edi.

Bartomeu esa bu voqeaga aloqador ekanini rad qilib kelgan. Shundan so‘ng klub boshqaruv kengashining bir qator a’zolari iste’foga chiqishgan edi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 12:16, 14.09.2021.
O'qildi: 2721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.