Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Birinchi MDH o‘yinlarining qahramonlari tantanali kutib olindi

Birinchi MDH o‘yinlarining qahramonlari tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida I MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza, jami 91 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan delegasiyamiz Vatanimizga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining 3-Terminalida o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev, Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Turizm va sport vazirligimutasaddilari, ko‘p sonli muxlislar va sportchilarimizning yaqinlari ishtirok etishdi.

Yosh atletlarimiz aeroportda tantanali kutib olindi. Tadbirni Aziz Abduhakimov va Behzod Musayev ochib berishdi. Mutasaddilar so‘z o‘rnida yosh sportchilarimizni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab o‘tishdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir G‘ayrat Majid ham o‘zlarining iliq tilaklarini yo‘lladilar.

Shundan so‘ng birinchi MDH o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshirildi. Unga ko‘ra, musobaqada oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilarga 25 million, ularning ustozlariga 12.5 million, kumush medal sohiblariga 15 million va ularning trenerlariga 7.5 million, bronza medali egalariga esa 10 million, ularni tarbiyalagan murabbiylariga 5 million so‘mdan pul mukofotlarining sertifikatlari topshirildi. Estradamizning bir qator yorqin vakillari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tantanali marosimga o‘zgacha fayz berdi.

Keyin tadbir ishtirokchilari ajratilgan ikki qavatli maxsus avtobuslarda poytaxtimiz bo‘ylab MOQ tomon sayrga chiqishdi. Ularni ko‘plab hamshaharlarimiz poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab olqishlab turishdi.

Tantanali marosimning mantiqiy yakuni MOQ binosida bo‘ldi. Unda delegasiyamiz bir jamoa bo‘lib, esdalik uchun suratga tushishdi va ular ishtirokida fleshmob yozib olindi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:35, 14.09.2021.
O'qildi: 1757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.