"Manchester Siti" chap qanot himoyachisi Benjamin Mendining liboslarini sotishni to‘xtatdi. Bu
haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Mendi hozirda hibsda. U bir necha marta zo‘rlashda ayblanmoqda.
Qo‘shimcha qilamizki, Mendi ishi bo‘yicha sud jarayoni kelasi yili boshlanadi. Birinchi sud majlisi 24-yanvarga belgilangan.