Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

YECHL. «Matraschilar» «ko‘k ajdarlar»ga qarshi: «Atletiko» - «Portu» (prevyu)

YECHL. «Matraschilar» «ko‘k ajdarlar»ga qarshi: «Atletiko» - «Portu» (prevyu)

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasi guruh bosqich bahslariga kuni kecha start berildi. Unda har safar bo‘lgani kabi Yevropa davlatlarining eng yaxshi deb topilgan 32 ta klubi ishtirok etishi belgilangan. Kechagi dramatik, quvnoq va jangovar o‘yinlardan so‘ng, bugun yana bir qancha to‘qnashuvlar o‘tkaziladi. Ulardan biri «Atletiko» hamda «Portu» o‘rtasidagi bahsdir. Quyida e’tiboringizga ushbu o‘yinga oid ayrim ma’lumotlarni havola etamiz.

 

O‘tkazilish vaqti: Chorshanba, 15 sentyabr, 2021 yil.
O‘tkazilish joyi: «Wanda Metropolitano» o‘yingohi, Madrid shahri.
O‘yin starti: Buyuk Britaniya vaqti bilan 20:00, mahalliy vaqt bilan(CET) 21:00.

Madridning «Atletiko» jamoasi va «Portu» klubi YECHLning dastlabki turida to‘qnash keladi. Har ikki jamoa turnirda o‘lim guruhi deb nom olgan «Liverpul» hamda «Milan» bilan bir ro‘yxatdan joy olgan. Ushbu raqiblar o‘tgan mavsumda chempionlikni nishonlagan «Chelsi» klubi tomonidan turnirdan chiqarib yuborilgan. Ӯshanda «Atletiko» nimchorak finalda, «Portu» esa chorak finalda «Chelsi» g‘azabiga duchor bo‘lgan edi.

Bu safar madridliklar qit’a musobaqasiga Ispaniya chempioni sifatida tashrif buyurmoqda. Diyego Simeone shogirdlari yangi mavsumni kuchli start bilan boshladi. Uar ichki chempionatda 4 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba 1 ta durang qayd etdi. Klub so‘nggi turni o‘tgan hafta yakunida «Espanyol»ga qarshi o‘tkazdi va o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani ilib keta oldi. «Portu» ham Portugaliyada jim qarab turgani yo‘q. Ular o‘tgan mavsumda ikkinchi o‘rinni egallab, bu turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib keldi. «Ko‘k ajdarlar» yangi mavsumda 5 ta tur o‘yinida o‘ynab, 3 ta g‘alaba, 2 ta durangga erishgan. Oxirgi tur esa jamoa uchun biroz og‘ir keldi. Ular amaldagi mamlakat chempioni «Sporting» bilan kuch sinashib, durang qayd etdi.

O‘zaro o‘yinlar:

Ushbu raqiblar tarixda umumiy olti marta to‘qnash kelgan bo‘lib, barcha bahslar YECHL turniriga to‘g‘ri keladi. Bunda har ikki klub 2 martadan g‘alaba qozongan va 2 ta durangga imzo chekkan. Ularning so‘nggi uchrashuvi 2013-2014 yilga bo‘lib o‘tgan. O‘shanda raqiblar CHLning guruh bosqichida kuch sinashib, har ikki uchrashuv «Atletiko»ning ishonchli g‘alabasi bilan yakun topgan edi(2-0, 2-1). O‘zi umuman, «matraschilar» portugal klublariga qarshi o‘z uyida ijobiy statistikaga ega. Ular so‘nggi 10 ta uy uchrashuvining 6 tasida g‘alaba, 2 tasida durang qayd etgan. Faqat 2 tasi mag‘lubiyat bilan tugagan, xolos.
«Portu»ga keladigan bo‘lsak, ushbu klub Ispaniya tuprog‘ida to‘p surishda yaxshi tajribaga ega. Ular umumiy 22 marta Ispaniyaga tashrifi buyurgan bo‘lib, bu vaqt davomida 6 ta g‘alabaga erisha olgan. Shuningdek, 2 ta durang qayd etgan. Qolgan bahslar mag‘lubiyat bilan tugagan.

Har ikki jamoa ichki milliy chempionatlarda zafarli yurishlarini davom qilmoqda. Garchand ular joylashgan guruh ancha kuchli bo‘lsa ham, kurashuvchan «Portu» hamda metin himoyali madridliklar pley-offga da’vogarlik xususiyatlarini yo‘qotmagan. Bu yerda shubhasiz, «Atletiko» yaxshi va kuchliroq tarkibga ega. Ular o‘z uyida istalgan jamoani mag‘lub eta oladi. Shunday bo‘lsa ham mehmonlardan har narsani kutish mumkin. Qolaversa, Simeonening hozirgi himoyasi avvalgiga qaraganda ancha o‘zgargan. Biz buni o‘tgan mavsum so‘ngida guvohiga aylangan edik. Zaiflashgan himoya raqiblarga qulaylik tug‘dirishi mumkin. Bunda «Portu»ning hujum chizig‘i, xususan, Mehdi Taremi jamoaga azqotishi aniq. Eronlik strayker Simeonening to‘rttalik himoyasini buzib o‘tishga qodir. Qolganini esa bahs davomida kuzatib boramiz. Portugaliyaliklar o‘yin uslubidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, bu uchrashuvda har ikki tomon darvozasi ishg‘ol etiladi.

Eslatib o‘tamiz, YECHLning «B» guruhidan o‘rin olgan «Atletiko» hamda «Portu» o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start olishi belgilangan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:06, 15.09.2021.
O'qildi: 1955 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.