Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Fernandinyo Ronalduning «Manchester Siti»ga o‘tmagani haqida: «Hayot davom etadi»

Fernandinyo Ronalduning «Manchester Siti»ga o‘tmagani haqida: «Hayot davom etadi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Fernandinyo portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «shaharliklar» safiga o‘tmaganligi haqida fikr bildirdi. Avgust oyida 36 yoshli hujumchi «Siti»ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Manchester Siti»da Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun ajoyib imkoniyat bor edi. Uning agenti bazaga futbolchilarimiz Ederson, Ruben Diashning klub bilan yangi shartnoma imzolayotgani sabab kelgan edi. Albatta, har qanday o‘yinchi muzokara stolida muhokama qilinishi mumkin. Menimcha, Ronalduning transferidan «Yuventus»dan ketish xohishi, uning «Siti»ga o‘tish imkoniyatini oshirgandi. Bu holat nafaqat muxlislarga, balki klub ichidagi muhitga ham ta’sir qilgani ajablanarli emas. Oxir-oqibat, hech narsa sodir bo‘lmadi. Ronaldu «Siti» bilan shartnoma imzolamadi va Manchester shaharining boshqa jamoasi «Yunayted» yo‘l oldi. Hayot davom etmoqda»,- deya futbolchining so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Ronaldu «Manchester Yunayted» safiga qaytganidan so‘ng, birinchi o‘yinida dubl qayd etdi. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi Angliya Premyer-ligasining 4-turida «Nyukasl Yunayted»ni 4: 1 hisobida mag‘lub etdi.

 

Kiritildi: 17:18, 15.09.2021.
O'qildi: 3349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик