Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Litva-2021. Rossiyaga qarshi o‘yinda durangni qo‘ldan chiqardik

Litva-2021. Rossiyaga qarshi o‘yinda durangni qo‘ldan chiqardik

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida o‘zining ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar vakillarimizga dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri — Rossiya terma jamoasi raqiblik qildi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari birinchi bahsdan farqli o‘laroq hayajonni tezda yengib olib, yuqori konsentrasiya asosida harakatlana boshlashdi. Bu safar darvozadan o‘rin olgan Ravshan Eliboyev o‘yinni juda yaxshi o‘tkazib, 15dan ortiq seyv namoyish etdi.

Ruslar bahsning 10-daqiqasida braziliyalik Robinyoning individual mahorati evaziga hisobni ochishdi. Oradan bir daqiqa o‘tib burchak zarbasidan so‘ng Artyom Niyazov to‘pni darvozaga joylab, hisobdagi farqni oshirdi.

Shundan so‘ng hisob yirik ko‘rinish oladigandek taassurot uyg‘ona boshladi. Ammo O‘zbekiston tanaffusgacha ushbu hisobni ushlab qoldi va ikkinchi bo‘limni yanada yuqori saviyada o‘tkazdi. Taym boshida Dilshod Rahmatov kuchli zarba bilan Rossiya darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan so‘ng tashabbus hamyurtlarimiz tomoniga o‘tdi. 28-daqiqada o‘zbekistonliklar burchak zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirishdi — 2:2.

Shundan so‘ng rossiyaliklar yana tempni oshirishdi. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida ular ijrosidagi burchak zarbasi gol bilan yakunlandi. Vakillarimiz hali o‘ziga kelib ulgurmasdan Artyom Niyazov yana bir gol urdi va xet-trikka erishdi. Yakuniy hisob — 2:4.

18 sentyabr kuni bo‘ladigan Misrga qarshi o‘yinda O‘zbekistonga g‘alaba kerak. Shunda jamoamiz nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Futzal bo‘yicha JCH. "B" guruhi, 2-tur
O‘ZBEKISTON - RFI - 2:4 (0:2)
Gollar: Davron Choriyev (21), Mashrab Odilov (28) — Robinyo (10), Niyazov (11, 35, 35)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:56, 15.09.2021.
O'qildi: 3476 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик