Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Jasurbek Yaxshiboyev Chempionlar Ligasida o‘ynagan nechanchi o‘zbekistonlik futbolchi?

Jasurbek Yaxshiboyev Chempionlar Ligasida o‘ynagan nechanchi o‘zbekistonlik futbolchi?

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi «Sherif» – «Shaxtyor» jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda moldovaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qzonishdi. Mazkur bellashuvning biz uchun ahamiyatli jihati, «Sherif» safida to‘p tepadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Yaxshiboyev YECHLdagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Shu tariqa, Jasur mazkur musobaqada o‘ynagan o‘zbekistonlik 7-futbolchiga aylandi. Yevropaning klub darajasidagi eng nufuzli musobaqasida shu kungacha Oleg Pashinin («Lokomotiv M»), Vladimir Maminov («Lokomotiv M»), Maksim Shatskix («Dinamo K»), Sefer Alibayev («Tavriya»), Nikolay Turchinenko («Tavriya») va Jafar Irismetov («Spartak») o‘ynashgan edi va bugun ushbu futbolchilarimiz soni yana bittaga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, «Sherif» – «Shaxtyor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollar esa Tarore va Yansane tomonidan kiritildi. Moldova klubi YECHLning keyingi turida «Real» klubiga qarshi maydonga tushadi. Madridda kechadigan bellashuv 28 sentyabr kuniga belgilangan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:38, 16.09.2021.
O'qildi: 10305 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик