Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

O‘zbekiston darvozasiga 3ta gol urgan rossiyalik futzalchi: «Bizga shunday qarshilik ko‘rsatgan raqibga rahmat aytaman»

O‘zbekiston darvozasiga 3ta gol urgan rossiyalik futzalchi: «Bizga shunday qarshilik ko‘rsatgan raqibga rahmat aytaman»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinda 3ta gol muallifiga aylangan rossiyalik futzalchi Artyom Niyazov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qarang — O‘zbekiston Gvatemalaga qarshi 1-turda mashaqqatli o‘yin o‘tkazdi. Ortda borayotib hisobni tenglashtirdi, ammo so‘nggi daqiqada mag‘lub bo‘ldi. Bugun ham ular hisobda orqaa qolayotganiga qaramay maksimal darajada motivasiya bilan o‘ynashdi. Rossiyaga qarshi uchrashuvda barcha o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyish etishga harakat qiladi. Guruh bosqichida bizga shunday qarshilik ko‘rsatgan raqibga rahmat aytaman. Ularga gap yo‘q, yaxshi o‘ynashdi.

Dastlabki o‘yinda 9:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, bugun qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Hisob tenglashganidan keyin yigitlar xarakter ko‘rsatishdi. Shundan so‘ng har bir o‘yinchi o‘z mahoratini namoyish etdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldik", — dedi Niyazov.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:02, 16.09.2021.
O'qildi: 5212 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик