Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

«Tulkilar» «Gli Azzuri»larga qarshi: «Lester» - «Napoli» (Revyu)

«Tulkilar» «Gli Azzuri»larga qarshi: «Lester» - «Napoli» (Revyu)

Baho:
+ | -

Kecha Yevropa ligasining ilk guruh bahslari o‘tkazildi. Unda bir qator kuchli raqiblar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.YAngi mavsumda ko‘plab top jamoalar ikkinchi o‘rinda turuvchi turnirda qatnashishga majbur bo‘lmoqda. Angliyaning «Lester Siti» hamda Italiyaning «Napoli» klublari ana shunday saviyali klublar sanaladi. Ushbu raqiblar YELning «C» guruhidan joy olgan bo‘lib, ular birinchi turni bir-biriga qarshi o‘tkazdi.

«Lester» va «Napoli» kechagi «King Power»dagi to‘qnashuvda ochko bo‘lishdi. Ammo u yerda bitta haqiqiy g‘olib bor edi. Neapolliklarning 22 yoshli nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen kechagi bahsda «Lester»ning g‘alabaga bo‘lgan ishonchini, keyinchalik, bahs so‘ngida umidini butunlay parchalab tashladi. 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan bahsda «Lester Siti» safida Ayoze Perez hamda Xarvi Barnsning gollariga 20 daqiqa ichida italyanlarning Osimxen ismli futbolchisi javob qaytardi. Brenden Rojers shogirdlari o‘z uyida Perez va Barnsning ikki taymda bittadan urgan gollari evaziga 2-0 hisobida oldinda borayotgan edi. Shunga qaramasdan, italiyaliklar Yevropa ligasida o‘z favoritligini isbot eta oldi. Ular 2 to‘p farqini hujumchi Viktorning dubli bilan yo‘qqa chiqardi. «Tulkilar» safida Uilfrid Ndidining qo‘shib berilgan daqiqalarda ikki sariq kartochka olib, chetlatilgani esa mezbonlar uchun xuddi «o‘lganni ustiga tepgan» bo‘ldi. Viktor Osimxenning gollari mezbon muxlislarini «Qirol qudrati» deb nom olgan o‘yingohni xomush holda tark etishga majbur qildi.

Shubhasiz, ushbu bahs Chempionlar ligasi darajasida o‘tkazildi. Ammo uning nomi va madhiyasi o‘zga edi. O‘yin «Napoli»ning katta ustunligi ostida o‘tdi. Butun uchrashuv davomida italiyaliklarning darvoza tomon 22 marotaba zarba berganligi buni yaqqol isbotlaydi. Bu borada mezbonlarda atigi umumiy 7 ta zarba bor edi, xolos.

O‘yindagi dastlabki gol juda erta, 9-daqiqada Ayoze Perez tomonidan amalga oshirildi. Bu ispaniyalikning Yevrokuboklardagi dastlabki, «Lester» safidagi 15 ta o‘yinda urilgan birinchi goli bo‘ldi. Ihyanachoning uzatmasi Harvi Barns tomonidan 67-daqiqada golga aylantirildi. Orada «tulkilar»ning Patson Daka ismli futbolchisi ham gol urgan edi, biroq VAR tekshiruvi bu vaziyatda ofsayd qayd etdi.
«Napoli» safida Osimxenning ikkita goli yuqorida aytilganidek, hisobni 2-2 ko‘rinishiga kelishiga sabab bo‘ldi.

O‘yinning umumiy statistikasi:

«Lester» - «Napoli».

Hisob: 2-2 (Perez, 9ʼ, Barns, 67ʼ; Osimxen 69ʼ, 87ʼ);

To‘pga egalik qilish: 45% - 55%;

Darvoza tomon zarbalar: 7 - 22;

Aniq zarbalar: 5 - 7;

Follar: 14 - 7;

Sariq kartochkalar: 3 - 2;

Qizil kartochkalar: 1 - 0(Ndidi, 93ʼ).

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:51, 17.09.2021.
O'qildi: 1735 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик