Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Tyemue Bakayoko: «Bugungi «Milan» avvalgisidan ancha kuchli»

Tyemue Bakayoko: «Bugungi «Milan» avvalgisidan ancha kuchli»

Baho:
+ | -

Fransiyalik yarim himoyachi Tyemue Bakayoko «Milan»ga qaytganidan so‘ng birinchi matbuot anjumanini o‘tkazdi.

- «Milan» o‘zgaribdimi?

- SPALga qarshi oxirgi o‘yinimni yaxshi eslayman. Afsuski, biz Chempionlar Ligasiga chiqa olmagandik, o‘shanda. Endi esa YECHLda qatnashadigan «Milan»ga qaytganimdan xursandman. Chunki bugungi jamoa men o‘ynagan paytdagisidan ancha kuchli.

- Bu yerda hamma narsani yaxshi bilasiz. Mazkur omil sizga motivasiya beradimi?

- «Milan» muxlislari bilan munosabatlarim durust. Tan olish kerak, avvaliga oramiz unchalik yaxshi emasdi, lekin keyin hammasi joyiga tushib ketdi va men ularning hurmatiga sazovor bo‘ldim.

- Pioli sizdan nimalarni kutmoqda va jamoaga boshqa yarim himoyachilaridan ko‘ra ko‘proq nima bera olasiz?

- Murabbiy bilan xotirjam gaplashdim va unga bor kuchim bilan harakat qilishimni bildirdim. Jamoa shundoq ham yaxshi ishlamoqda, men esa yoshlar bilan o‘z tajribamni bo‘lishmoqchiman.

- Paolo Maldini bilan munosabatlaringiz qanday?

- Hammasi zo‘r. Milanga kelganimda, u menga katta yordam berdi. Qiyin paytlarda doim «labbay» deb turdi. U ajoyib inson va men undan ko‘p narsa o‘rgandim.

- Bugungi «Milan» Gattuzoning «Milan»idan farq qiladimi?

- Ha, bu boshqa «Milan», fransuzlar ham ko‘p. Jamoa ham avvalgidan kuchliroq. Yangi jamoadoshlarim bilan o‘ynashni va yaxshi natijalarga erishishni sabrsizlik bilan kutyapman.

- Milanda o‘zingizni uydagidek his qilyapsizmi? Skudettoga erishishni xohlaysizmi?

- Ikki yillik sargardonchilikdan so‘ng endi shu yerda qolmoqchiman. Barcha mening ushbu klubga bo‘lgan munosabatimni biladi va o‘zimni uydagidek his qilyapman, albatta. «Milan»da o‘ynarkansiz, maksimal darajada harakat qilish talab etiladi. Iloji boricha ko‘proq sovrin yutish uchun bor kuchimni sarflayman.

- Ijarama-ijara yurish joningizga tekkandir?

- Bunday sayohatlardan keyin menga barqarorlik kerak, shuning uchun ham bu yerda uzoq vaqt qolishni xohlayman. Buni amalga oshirish uchun esa qo‘limdan kelganini qilaman.

- O‘yinga tayyormisiz?

- «Milan» kuchli yarim himoya chizig‘iga ega. Men ham o‘z hissamni qo‘shishga, har kuni bor kuchim bilan ishlashga tayyorman. Keyin, agar murabbiy qaror qilsa, maydonga chiqaman.

- Kessye haqida nima deysiz?

- Uning yonida o‘zimni yaxshi his qilyapman. U ancha o‘sibdi, har tomonlama rivojlanibdi. Umid qilamanki, u «Milan»da qoladi.

- Ibragimovich bilan gaplashishga ulgurdingizmi?

- Mashg‘ulotlar paytida biroz suhbatlashdik. Zlatan va uning faoliyatini barcha yaxshi biladi. Biz unga namuna sifatida qarashimiz va professionalligidan o‘rnak olishimiz kerak. U bilan birga o‘ynash imkoniga egaligimdan xursandman.

- Dastlabki kunlarda Pioli qo‘l ostidagi «Milan» haqida qanday fikrda edingiz?

- Jamoada atigi ikkita mashg‘ulot o‘tkazdim. Har doim murabbiyni, uning maslahat va ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglayman. Hozircha Gattuzoning menga aytganlaridan unchalik farqni ko‘rmadim.

- Skudettoni yutish uchun qaysi jamoalarni mag‘lub etish kerak?

- «Milan», shubhasiz, poyga yetakchilaridan. O‘tgan yili hozirgi jamoadoshlarim ikkinchi bo‘lishdi. Eng muhimi - o‘yindan o‘yinga o‘tish va albatta, raqiblar progressini tahlil qilish...

- Sizga ikkitalik tayanch yarim himoya sxemasi qulaymi yoki uchtalik?

- Qanday bo‘lmasin, shunga ko‘ra harakat qilaman, chunki men yolg‘iz emas, balki sheriklar bilan o‘ynayman. Tarkibni murabbiy tanlaydi va men qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:30, 18.09.2021.
O'qildi: 1826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.