Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

APL. «Byornli» - «Arsenal» o‘yini 1,5 soatdan keyin boshlanadi (prevyu)

APL. «Byornli» - «Arsenal» o‘yini 1,5 soatdan keyin boshlanadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bir necha daqiqalardan keyin «Arsenal» safarda «Byornli» mehmoni bo‘ladi.

«Byornli» bosh murabbiyi Shon Daych payshanba kuni klub bilan shartnomasini 4 yilga uzaytirdi. U jamoa boshqaruvini 2012 yilning oktyabr oyida qo‘liga olgandi.

 

Bilasizmi?

«Arsenal» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang APL doirasida «Byornli»ga qarshi 7 uchrashuvda 8 gol urishga erishgan. Gabonlik faqatgina «Gamburg» klubiga bunda ko‘proq gol (9) urgan.

«Arsenal»ga qarshi ketma-ket 10 mag‘lubiyatdan keyin «Byornli» londonliklarga qarshi oxirgi 3 o‘yinda mag‘lub bo‘lmay kelmoqda (1 g‘alaba, 2 durang).

«Arsenal» Premyer-Liga doirasidagi «Byornli» uyiga qilgan so‘nggi 9 tashrifida mag‘lubiyatsiz jamoaga aylandi (4 g‘alaba, 5 durang), oxirgi mag‘lubiyat 1973 yilning dekabr oyida qayd etilgandi.

«Byornli» APLning so‘nggi 12 uy o‘yinida g‘alaba qozona olmayapti. Bu klub tarixidagi eng uzun g‘alabasiz seriya hisoblanadi.


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Entoni Teylor

Qanot hakamlari: Geri Besvik, Adam Nunn

Zaxira hakami: Jon Bruks

VAR: Li Meyson

VAR yordamchisi: Metyu Uilks

 

Taxminiy tarkiblar

Byornli - Poup, Louton, Tarkovski, Mi, Teylor, Gudmunsson, Vestvud, Braunhill, MakNil, Vud, Barns

Arsenal - Remzdeyl, Tomiyasu, Uayt, Magalyayesh, Tirni, Lokonga, Parti, Pepe, Edegor, Saka, Obameyang

 

Yo‘qotishlar

«Byornli» safida Konnor Roberts, Kevin Long, Deyl Stefensda jarohat mavjud. Natan Kollinsning maydonga tushishi esa so‘roq ostida.

«Arsenal» safida Muhammad Elneni jiddiy jarohat olgan. Rob Xolding esa harakat qilishi mavhumligicha qolmoqda. Granit Jaka esa diskvalifikasiya qilingan.

 

Raqamlar

«Byornli» barcha musobqalarda «Arsenal»ga qarshi oxirgi 9 uy uchrashuvining sakkiztasida 2,5 tadan kamroq gol kiritilgan.

Mezbonlar APL doirasidagi so‘nggi 7 bahsning oltitasida mag‘lub bo‘lishgan.

«Arsenal» barcha musobaqalarda «Byornli» bilan o‘yinning 16tasidan 15tasida mag‘lub bo‘lmagan.

Tomonlar shu paytga qadar APLda 14 marta to‘qnash kelishgan. Londonliklar 10 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan va faqat bir marta yutqazib qo‘yishgan. 3 bellashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, APLning 5-turidan o‘rin olgan «Byornli» - «Arsenal» o‘yini Toshkent vaqti bilan bugun 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:30, 18.09.2021.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.