Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi: ular karantinda bir xil ish bilan shug‘ullanishgan

Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi: ular karantinda bir xil ish bilan shug‘ullanishgan

Baho:
+ | -

O‘tgan yil avvalida koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalib ketganidan so‘ng, mart oyidayoq barcha sport turlari qatori futbol ham to‘xtatib qo‘yildi. Butun dunyo xuddi, uzlatga cho‘mgandek edi. Barcha o‘z uyida bo‘lib, ijtimoiy muhit vujudga keltirish ta’qiqlab qo‘yildi. Shunday vaziyat ko‘plab futbol yulduzlariga ham tegishli bo‘lgan. Ular ham o‘z oilalari bag‘rida bir necha oy birga bo‘lgan. Shunday paytlarda ular, ya’ni futbol yulduzlari, asosan bir xil ish bilan shug‘ullanishgan. Quyida bir nechta futbolchilar nomini keltirib o‘tamiz.

Ronaldu, Messi Runi kabi yulduzlar o‘z shaxsiy uylari hududida maxsus futbol maydonchalari o‘rnatishadi. Bu ularga kuchli karantin cheklovlari vaqtida ham sport formasini saqlab turish, qolaversa, oilaviy vaqt o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan.
Sobiq «Vest Xem» futbolchisi Jek Uilsher o‘zining Londondagi uyi tomorqasida futbol maydoni barpo etadi. Undan tashqari, maydoncha yonida cho‘milish havzasi ham mavjud edi. Garchand bu kabi vositalar Uilsherni quvontirsada, uning qo‘shnilarini tashvishga solib qo‘ygan edi. Chunki, maydondagi darvoza to‘ri ularni ko‘zini qamashtirib, noqulaylik tug‘dirayotgandi.
Angliya terma jamoasi afsonalari Jon Terri hamda Rio Ferdinandning uyida ham xuddi Jekniki kabi maydonlar mavjud bo‘lgan. Ular butun umrini futbolga baxsh etgan va og‘ir damlarda ham futbol bilan hamnafas harakat qilishdi. Ayniqsa, Ferdinand qurgan maydon nisbatan katta bo‘lib, darvozalar haqiqiy standart futbolniki kabi edi. U bu narsaga o‘zini stadiondagidek his qilishni istashini aytib, izoh bergan.

«Manchester Yunayted» yulduzi Pol Pogba o‘zining Angliyadagi uyida mo‘’jaz futbol maydoni barpo ettiradi. Polda hatto sovuq kunlarda o‘ynash uchun ichki maydon ham mavjud. U maydon markazidagi aylana-doira ichiga o‘z brendini, ya’ni «PP» ramzini tushirgan. Ajoyib marketing! Shunday emasmi?


Manchester shahrining yana bir jamoasi a’zosi Benjamin Mendi uyida ham maydon bor edi. U bu maydonda bir necha oy mobaynida mashg‘ulotlar o‘taydi. Futbolchi maydonidagi darvozalar o‘ziga xos bo‘lib, ular juda kichik va gol urish murakkab bo‘lgan.
Yana bir futbolchi Stiven Irland. U mashinalar borasida juda didli ekani bilan tanilgan. Uning kichkina maydoni «Nike» firmasi reklamalari bilan boyitilgan edi.

Ikki futbol afsonasi Ronaldu hamda Messi bu borada hammanikidan ham katta va tabiiy maydonlarga ega. Sobiq «Barselona» hamda «Yuventus» futbolchilari o‘tgan yili o‘z jamolarida bo‘lgan. Xususan, Ronaldu Turindagi uyida maydon qurdirgan bo‘lsa, Messi Barselona shahrida bu ishni amalga oshirgan. Shunday bo‘lishida Messi, Terri, Ronaldu, Runi hamda Uilsherlarni bir narsa birlashtirib turar edi. U ham bo‘lsa, ularning farzandlari borligi. Futbolchilarning barchasi o‘z maydonida qadrli farzandlari bilan vaqtini miriqib o‘tkazishgan. Qolaversa, bu bilan o‘z formalarini me’yorida saqlay olishgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:20, 18.09.2021.
O'qildi: 9677 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.