Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

A seriya. Mourinyo boshqaruvidagi «Roma» ilk marta yutqazdi (videosharh)

A seriya. Mourinyo boshqaruvidagi «Roma» ilk marta yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Roma» bosh murabbiyiga aylangach, jamoa ilk marta mag‘lubiyat alamini tortdi. Rimliklar A seriya jadvalida eng so‘nggi pog‘onani egalab turgan «Verona» klubi mehmoni bo‘lib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

"Roma" birinchi bo‘limda Pellegrini tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishgandi. Ammo mezbonlar ikkinchi bo‘limda kuchli o‘yin namoyish etib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishdi.

Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlagandi. 65-daqiqada uning o‘rniga Mxitaryan tushirildi.

Italiya A seriyasi, 5-tur
Verona – Roma 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.
Verona – Montipo, Faraoni, Chekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafyori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Dzanyolo (El-SHaaravi, 65), Shomurodov (Mxitaryan, 65), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Veretu (17), Faraoni (30), Barak (51), Kristante (71), Ongla (83), Kazale (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:20, 19.09.2021.
O'qildi: 6589 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик