"Bavariya"ning fransiyalik hujumchisi Kingsli Komanga "Tottenxem", "Liverpul" hamda "Yuventus" klublari da’vogarlik qilishmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Koman keyingi transferlar oynasining eng katta shov-shuvi bo‘lishi kutilmoqda.
Unga uchta gigant jamoalarning qiziqishi hujumchi narxini oshishiga sabab bo‘ladi. Turinliklar ustozi Allegri ayniqsa futbolchiga qiziqib qolgan. Uning klubi Koman uchun katta mablag‘ sarflashi mumkin.