Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Viktor Jalilov: «Bugun omad biz tomonda bo‘ldi»

Viktor Jalilov: «Bugun omad biz tomonda bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Navbahor" (0:1) o‘yinidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining dastlabki qismida "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashadi.

- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Albatta, bugun omad ham biz tomonda bo‘ldi. Zaxira almashishlari orqali o‘yinni kuchaytirishga urinishimizga qaramay, ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yarata olmadik. Bu maydonda "Qo‘qon-1912" bilan o‘tgan o‘yinimizdan ko‘ra qiyinroq o‘yin o‘tkazdik bugun. "Paxtakor" bilan o‘yindan keyin safarda yana bir uchrashuv o‘tkazdik. Shu bois, futbolchilarimizda charchoq sezildi, - deydi Viktor Jalilov.

- O‘yinga alohida reja tuzamiz. Kim qanday tayyorgarlikka ega bo‘lsa, pozisiyalarda samara keltira olsa, o‘sha futbolchi maydonga tushadi. Kosta Guttiner Qarshidagi o‘yinimizda ham zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirgandi. Albatta, tarkibda rotasiya qilinadi. Bu murabbiylar shtabining qarori, kimning asosiy tarkibda maydonga tushishini murabbiylar hal qiladi.

- Solovyovning jarohati bor edi. Uning o‘zi kuchim yetganicha o‘ynayman, maydonga tushaman degani uchun maydonga tushirgandik. Jarohati qiynagani uchun uni almashtirdik. Muxlislarning qaytgani ham o‘yinning shiddatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, albatta. Ularning borligi ham futbolchilarga kuch bag‘ishlaydi.

- Bir mavsumda 30 ta o‘yin o‘tkazish bu kam. Mavsum davomida kamida 40 ta o‘yin bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.

- Qisqa muddatda ko‘p o‘yin o‘tkazish futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazadi. Ularning maydonda keraksiz paytda sariq kartochka olishlari ham shu bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Faqat bir hujumchi bilan o‘ynayotganimiz sababi, yarim himoyadagi boshqa futbolchilar ham hujum payti yagona hujumchini qo‘llab-quvvatlashadi, shunday ekan, oldinda hujumchilar sonining nechtaligi muhim ahamiyat kasb etmaydi, - deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 21:44, 20.09.2021.
O'qildi: 1553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.