Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Igor Shkvirin: «Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik»

Igor Shkvirin: «Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Navbahor" (0:1) o‘yinidan keyin o‘tkaziladigan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Igor Shkvirin qatnashdi.

- Birinchidan, "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchidan, bugun yigitlarimiz munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Kurasha olishlari mumkinligini, futbol o‘ynay olishlarini ko‘rsatishdi. Ularga e’tirozim yo‘q. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman, ular bugun jamoamizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi, shunday futbolni sog‘inib qolishgani ko‘rindi. So‘nggi daqiqalarga muxlislik qilib, qayg‘urishgani uchun rahmat. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Bugungi o‘yinimiz bilan yutqazishga munosib emasdik, ochko olishimiz shart edi, - deydi Igor Shkvirin.

- Bahsli vaziyatlar haqida gapirmayman, Reglamentda qandaydir e’tiroz bildirishimiz taqiqlangan. Chindan ham o‘yinimizni kuchaytiryapmiz, lekin omadimiz kelmayapti. To‘g‘ri, omad ham kuchlilarga kulib boqadi, deyishadi. Omad kelmayotgani nimaga bog‘liqligini bilmayman, bu borada nimadir deyolmayman. Uchinchi o‘yindirki gol urolmayotganimiz ham xavotirli. Vaziyatlar bor, lekin tarkibimizda yagona vaziyatdan foydalanadigan, deylik, Ronaldu singari futbolchilar yo‘q. Shunday ekan, ishlashda davom etamiz. VAR yo‘qligi haqida ham biror nima deyolmayman. Bizga VAR kerak emas demaganmiz. Insoniylik faktori degan narsalar ham bor, ehtimol shu narsa bugun o‘z so‘zini aytgandir. Umuman, avval bu tizim ishlatilgan o‘yinlarni yodga oladigan bo‘lsak, VAR borasida ham e’tirozlar yetarlicha bo‘lyapti.

- Kimning asosiy tarkibga kirishi men hal qilaman. O‘ziga yarasha sababi borki, Akmal Ortiqovning o‘rniga boshqa darvozabon maydonga tushdi. Chunki biz shuni ma’qul ko‘rdik.

- Hozir bizning hujumimizda kim o‘ynayotganiga qaraylik. Toshpo‘latov "So‘g‘diyona"da tez-tez gol urib turardi. Uni maydonga tushirdik, o‘yini qovushmayapti. O‘rniga Kim Boyongni tushirdik, u ham gol urolmayapti. Humoyun ham orqaroqdan hujumga qo‘shiladigan. Nominal hujumchi yetishmayapti bizga. Sof hujumchilardan Jasur Hakimov bor edi, lekin uning harakatlari menga ma’qul kelmadi va uning jamoadan ketishiga qarshilik qilmadim. Agar bugun Hakimov maydonga tushganda bizga yordam berardi deyolmayman.

- Mavsumlar oralig‘ida sof hujumchi sifatida o‘ynaydigan legionerlarni olib kelish imkoniyati bor edi, seleksiya ham olib bordik. Lekin ayrim sabablar, deylik moliyaviy sabablarga ko‘ra ular bilan kelisha olmadik. Ehtimol, rahbariyat u so‘ragan summani berar, lekin shunga yarasha natija ham bo‘lishi kerak. Durustroq legionerni tanlab olish uchun bir oy kamlik qiladi. Boshqa tuzukroq futbolchilarning amalda shartnomalari bo‘lgan, ularni tarkibga jalb etish uchun esa pul berib, shartnomasini bekor qildirish kerak bo‘ladi, - deya fikrlarini yakunladi Igor Shkvirin.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:47, 20.09.2021.
O'qildi: 2000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.