Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tokio-2020 tahlili: Diqqatimiz markazida sport kurashlari

Tokio-2020 tahlili: Diqqatimiz markazida sport kurashlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lum qilganimizdek, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan terma jamoalarimizning ishtirokini tahlil qilish, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalariga qaratilgan yig‘ilishlar davom etmoqda. Bugun sport kurashlari bo‘yicha polvonlarimizning chiqishi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sportning yakkakurash turlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev boshchiligidagi terma jamoa murabbiylari bilan kurashchilarimizning ishtiroki tahlil qilindi. Assosiasiya mutasaddilarining ma’lum qilishicha, Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng har bir yo‘nalishda (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) vaziyat chuqur o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarilgan. Unga ko‘ra, ayollar kurashida murabbiylar shtabi to‘liqligicha o‘zgargan. Erkin va yunon-rum kurashida jami 5 nafar maslahatchi murabbiyning xizmatiga ehtiyoj yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

«Olimpiadadan so‘ng o‘zimiz ishtirokimizni alohida tahlil qildik va kamchiliklarimizni ko‘rib chiqdik. Yigitlarimiz bilan ishlagan Adham Ochilov endi ayollar jamoasini boshqaradi. Bu yil asosiy e’tiborimiz Serbiyada o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan toifadagi jahon chempionatiga qaratiladi. Boisi ushbu yoshdagi kurashchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi uchun asosiy da’vogar bo‘ladi. Ularning xalqaro musobaqalarda tajriba olishi juda muhim», – dedi Shuhrat Mamadaliyev.

Shuningdek, yig‘ilish davomida xorijlik mahalliylashtirilgan sportchilardan imkon qadar voz kechish, buning o‘rniga chekka hududlardan iqtidorli yoshlarni saralab olishga katta ahamiyat qaratish, sport tibbiyoti va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba orttirish kabi masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 18:41, 21.09.2021.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.