Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Ulug‘bek Baqoyev: «Oxirgi 10ta o‘yinda 4ta gol urdik? Chunki bizni hurmat qilishni boshlashdi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Oxirgi 10ta o‘yinda 4ta gol urdik? Chunki bizni hurmat qilishni boshlashdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan «Mash’al» – «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Bugun gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, gol o‘tkazishimiz ham mumkin edi. Ba’zida faol, ba’zida passiv o‘ynadik. Umuman olganda yaxshi o‘ynadik. Durang bizni qoniqtirmasdi, ammo bu futbol va keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Yigitlarimga o‘yin uchun rahmat aytaman», – deydi Ulug‘bek Baqoyev.

– «Mash’al» va «So‘g‘diyona» ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda durang o‘ynashdi. «Mash’al» jamoangiz uchun noqulay raqibmi?
– Balki shunday bo‘lsa kerak. Qaysidir ma’noda siz haqsiz. Birinchi davrada 2:0 hisobida oldinda borgandik va yakunda durang bo‘lgandi.

– Ikkinchi taymda jarohat olgan Daniel Nasriddinovning holati qanday?
– Hozir bir narsa deyish qiyin. Sababi tekshiruvdan o‘tgani yo‘q. Umid qilamizki, uning jarohati jiddiy emas.

– «So‘g‘diyona» mavsumni ajoyib boshlagandi, ammo 9-turdan keyin hozirgacha atigi 4ta gol urdi xolos. Balki o‘yin uslubingizni o‘zgartirish vaqti kelgandir…
– Yo‘q, bu o‘yin uslubimiz bilan bog‘liq emas. Shunchaki boshqa jamoalar bizga boshqacha ishtiyoq bilan tushishni boshlashdi. Bizni hurmat qilishgani yoqimli.

– Bugun jamoa ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko oldimi?
– Agar hozir ikki ochko yo‘qotdik desam mezbonlarni xafa qilgan bo‘lardim. Durang bo‘ldimi, demak bu adolatli natija. Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi.

– Nasimov odatda zaxiradan so‘nggi daqiqalarda maydonga tushayotgandi, bugun esa asosiy tarkibda tushdi…
– Buning hech qanday sababi yo‘q. Shunchaki bugun uni asosiy tarkibga kiritdim. Bu futbol va unda kimdir zaxirada qolishi, kimdir asosiy tarkibda tushishi kerak.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:14, 21.09.2021.
O'qildi: 1737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.