Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Lester" afsonasi "Chelsi"ga o‘tganidan afsuslandi (intervyu)

"Lester" afsonasi "Chelsi"ga o‘tganidan afsuslandi (intervyu)

Baho:
+ | -

Denni Drinkuoter degan ism ko‘pchilikning qulog‘iga tanish bo‘lsa kerak. Ayniqsa, bu nom 2015-16 yilgi APL mavsumida juda ko‘p tilga olingan. Chunki o‘sha yili Angliyada "Lester Siti" jamoasi chempion bo‘lgan va bunda klub tarkibida Drinkuoter ismli futbolchi ham bor edi. Ampluasiga ko‘ra yarim himoyachi bo‘lgan bu futbolchi jamoasi safida eng asosiy figura sanalgan. "Lester" safida qariyb 200 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan pleymeyker chempionlikdan so‘ng ko‘plab gigant klublar nazariga tushib qoladi. Shunday klublardan biri, "Chelsi" esa, uni 2017 yili sotib olgan...

Men xato qilgandim

Denni Drinkuoter "talkSPORT" nashriga bergan itervyusida uning "Chelsi"da kechgan faoliyati juda ham omadsiz bo‘lganini ta’kidladi. 31 yoshli futbolchi 4 yildan ortiq vaqt mobaynida "aristokratlar" safida barcha musobaqalarda atigi 23 marta ko‘rinish bergan, xolos. Uning APLdagi so‘nggi bahsi 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Denni bu haqda shunday deydi:
"Men o‘z faoliyatimni qayta ko‘rib chiqishim va boshidan boshlashim lozim. Men bundan bir necha yil oldin, hozirgiga qaraganda ruhan va jismonan baquvvat edim. Ayniqsa, o‘sha faoliyatimni cho‘qqisi bo‘lgan, "Lester"ning chempionligi yilida. O‘yinlardan, umuman futboldan zavq olishni bilish kerak. Ba’zilar bundan qo‘rqishadi. O‘z o‘yinimni ko‘rsatmadim, o‘ynamadim. Men xato qilgandim. Men hozir Londonda shartnomamning so‘nggi yilini o‘tkazmoqdaman. Shunday ekan, men hayotda futboldan ham muhim narsalar borligini anglab yetdim".

"Chelsi" bilan bitimining 4 yili ketayotgan bir paytda Drinkuoter yozgi transferlar oynasida Chempionship vakili bo‘lgan "Riding" klubiga ijaraga berib yuborildi. Hozir esa u futbolga bo‘lgan muhabbatini tarbiyalashga harakat qilmoqda. U bu jamoada o‘z debyutini o‘tkazdi va "Fulxem"ga qarshi g‘alabali o‘yinda asosiy futbolchilardan biriga aylandi. U ushbu o‘yindan so‘ng, shunday deydi:
"Surat chizolasizmi, deysizmi? Yo‘q(kuladi). Bu oson ish emas. Men hozirda jamoa murabbiyi bilan yaxshi munosabatdaman. Biz bir-birimizga va jamoaga ishonamiz. Umid qilamanki, ular ham menga ishonadi va biz kuchli jamoaga aylanamiz".

Drinkuoter "Chelsi"ni keyingi yozda erkin agent sifatida tark etadi. Shuning uchun futbolchi ijara bitimi vaqtida "Riding" rahbarlariga o‘zini ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Shuni ham aytish kerakki, yarim himoyachining bundan avvalgi ijara shartnomalari omadsiz yakunlangandi. U 2019 yilda "Byornli"da bo‘lgan payti, barda katta janjalga sababchi bo‘ladi va bu OAVda e’lon qilinadi. Shuningdek, u "Aston Villa"da ekanida o‘z jamoadoshi Jota bilan janjallashib qoladi va uning boshiga tushiradi. Denni bu qilmishi uchun 2 haftalik maoshini jarima sifatida to‘lab bergan edi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:35, 22.09.2021.
O'qildi: 7493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.