Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

O‘zbekistonda yangi sport federasiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda yangi sport federasiyasi tashkil etildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti — Funksional ko‘pkurash federasiyasi tashkil etildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Funksional ko‘pkurash federasiyasi prezidenti etib Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Ma’mur G‘aniyev tayinlandi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Abdullayev va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi L.Rahmatullayeva esa federasiya vise-prezidentlari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, funksional ko‘pkurash — bu ko‘p energiya talab qiluvchi, ko‘p bo‘g‘imli harakatlardan foydalanadigan sport turi bo‘lib, u erkin og‘irlikdagi mashqlar, shaxsiy tana og‘irligi bilan mashqlar, siklik (kardio) mashqlardan foydalangan holda maxsus tuzilgan komplekslar to‘plamlarini birlashtirib, bir vaqt davomida uzluksiz bajarishlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu sport turining asosiy vazifasi — tananing turli tizimlarini jadal rivojlantirish va umumiy sog‘likni mustahkamlashdan iborat. Kombinasiyalashgan mashqlar ishtirokchilarni chiniqtirish, ularni chidamlilik darajasini oshirish, jismoniy imkoniyatlarini har qanday yuklamaga moslashtirishdan iborat.

Kiritildi: 17:02, 23.09.2021.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик