Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘FA rahbariyati va hududlardagi mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘FA rahbariyati va hududlardagi mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarni tahlil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘FA rahbariyati, hududiy futbol assosiasiyalari vakillari, texnik direktor, futbol akademiya direktorlari va bolalar-o‘smirlar futboli bo‘yicha mas’ul mutaxassislar o‘z hududida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berishdi.

Joylardagi futbol akademiyalari faoliyati, xususan yosh tarbiyalanuvchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, turli yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish ko‘rsatkichlari tahliliy ma’lumotlar asosida muhokama etildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti tomonidan viloyatlarda terma jamoalar uchun mahoratli futbolchilarni yetishtirib berish, yoshlarning tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, to‘g‘ri ovqatlanish, sifatli vitaminizasiyani yo‘lga qo‘yish hamda musobaqalar va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlar tahlilini olib borish zarurligi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Shuningdek, murabbiylar o‘z qo‘l ostidagi yosh tarbiyalanuvchilarning o‘sish va pasayish dinamikasini monitoring qilish va bu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Kiritildi: 15:36, 24.09.2021.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик