Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Bundesliga. «Bavariya» safarda g‘alaba qozondi (videosharh)

Bundesliga. «Bavariya» safarda g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 6-turiga start berildi. Turning ilk uchrashuvi «Groyter» va «Bavariya» o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Myunxenliklar bu safar ham katta qiyinchilikka duch kelishmadi. Ular birinchi taymda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Benjamin Pavar maydonahdan chetlatilganiga qaramay, bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar uchinchi gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Mezbonlar esa o‘yin so‘ngida bitta javob to‘pini kiritishdi. «Bavariya»ning gollariga Myuller, Kimmix mualliflik qilishdi. Bitta golni esa maydon egalari yarim himoyachisi Grisbek o‘z darvozasiga urib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Nagelsmann jamoasi 16 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.

Germaniya chempionati, 6-tur
Groyter – Bavariya 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 10 Myuller, 0:2 – 31 Kimmix, 0:3 – 68, avtogol Grisbek, 1:3 – 87 Itten.
Groyter – Burxert, Mayerxefer, Bauer, Virgever, Villems (Barri, 76), Grisbek (Tillmann, 76), Zeguin, Grin (Leveling, 86), Nilsen (Abiama, 67), Xrgota (Itten, 76), Dudzyak.
Bavariya – Noyer, Zyule (Stanishich, 87), Upamekano, Ernandes, Pavar, Goretska (Musiala, 87), Kimmix, Myuller (Gnabri, 76), Sane (Zabitser, 61), Devis, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xrgota (20), Sane (44), Virgever (53), Abiama (67), Barri (83).
Chetlatish: Pavar (48).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:57, 25.09.2021.
O'qildi: 2380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик