Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-0 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

A seriya. «Inter» - «Atalanta» o‘yinida amalga oshirilmagan penalti, bekor qilingan gol va jangovar durang

A seriya. «Inter» - «Atalanta» o‘yinida amalga oshirilmagan penalti, bekor qilingan gol va jangovar durang

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Inter» va «Atalanta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv voqealarga boy bo‘ldi.

Bahsning 5-daqiqasida Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, taym oxiriga qadar ustunlik bergamoliklar tomoniga o‘tdi va ular ikki marta raqib darvozasiga yo‘l topishdi. Malinovskiy va Toloi "Inter" darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa "neradzurri" tempni oshirdi. Oqibatda 71-daqiqada mezbonlar Jekoning goli evaziga muvozanatni tiklashdi.

Uchrashuvdagi asosiy voqealar so‘nggi daqiqalarda ro‘y berdi. Bahsning 86-daqiqasida hakam "Atalanta" darvozasi tomon penalti belgiladi. Dimarkoning zarbasidan keyin esa to‘p to‘singa tegib yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Oradan 2 daqiqa o‘tib bergamoliklar raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Lekin VAR yordamida gol bekor qilinganini ko‘pchilik tushunmay qoldi. "Atalanta" raqib darvozasini ishg‘ol qilishdan bir necha soniya avval "Inter" posboni Xandanovich maydonni tark etayotgan to‘pni maydonga qaytargandi. O‘sha paytda to‘p chiziqni kesib o‘tishga ulgurgan ekan.

Shu tariqa, har ikkala jamoa g‘alabani ilib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatda jangovar durang qayd etildi. Ushbu natijadan so‘ng "Inter"ning ochkolari 14taga, "Atalanta"niki esa 11taga yetdi.

Italiya A seriyasi, 6-tur
Inter – Atalanta 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Martines, 1:1 – 30 Malinovskiy, 1:2 – 38 Toloi, 2:2 – 71 Jeko.
Inter – Xandanovich, Darmian (Dumfris, 57), de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (Dimarko, 57), Perishich, Brozovich, Chalxanoglu (Vesino, 57), Barella (Satriano, 90), Jeko, Martines (Sanches, 81).
Atalanta – Musso, Dzappakosta (Pashalich, 77), Palomino (Mele, 70), Toloi, Demiral, Gozens, de Ron, Froyler, Pessina (Gimshiti, 63), Malinovskiy (Ilichich, 62), Sapata (Pikkoli, 63).
Ogohlantirishlar: Malinovskiy (4), Bastoni (12), Palomino (19), Sapata (21), Chalxanoglu (43), Dzappakosta (64), Barella (70), Toloi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:16, 25.09.2021.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик