Belarus chempionatining 24-turi doirasida «Energetik-BGU» o‘z maydonida «Vitebsk»ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
"Talabalar"ning ilk to‘pini Shahzod Ubaydullayev "qaychi" uslubida raqib darvozasiga kiritdi. O‘zbekistonlik futbolchi uchun mazkur gol "Energetik" safida dastlabkisi bo‘ldi (6 o‘yinda).