Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

YECHL. Konte va Lukakusiz «Inter» hali ham xavflimi?

YECHL. Konte va Lukakusiz «Inter» hali ham xavflimi?

Baho:
+ | -

Italiya chempioni sifatida YECHLda ishtirok etayotgan «Inter» jamoasi yozgi transferlar oynasida bir qancha o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldi. Ashraf Xakimi va Romelu Lukakularning jamoadan ketishi, klub o‘yin darajasiga ta’sir qildi. Shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar haqida ushbu blogda so‘z yuritamiz.

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 26

Qanday yetib kelishdi: Italiya chempionlari

O‘tgan mavsum: guruh bosqichi (4-o‘rin)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (1963/64, 1964/65, 2009/10)

 

Bosh murabbiy: Simone Inzagi

Inzagi «Lasio»dagi futbolchilik faoliyati davomida A Seriya va uch karra Italiya klubogi sohibi bo‘lgan. 45 yoshli mutaxassis o‘zining 5 yillik faoliyati mobaynida shuningdek, Rimga mahalliy kubokni olib bergan. Taktik nuqta’i nazar bilan qaralganda, u Antonio Kontening davomchisi sifatida ko‘rilmoqda. Kontening ketishi ham jamoaning o‘yini uslubiga ta’siri sezilmagan bo‘lsa ham, daraja borasida farq bilinmoqda.

Asosiy o‘yinchi: Nikolo Barella

O‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi mukofotiga sazovvor bo‘lgan 24 yoshli xavbek jamoaning asosiy yulduzi va chempionlikda eng katta hissa qo‘shgan futbolchi hisoblanadi. O‘zining ijodkorligi bilan ajralib turadigan Barella maydonni bir tarafidan boshqa tomoniga o‘tishda juda ham xavfli. U o‘tgan mavsum «Inter»ning 46 o‘yinida qatnashdi va Italiya terma jamoasiga Yevro-2020 musobaqasida yordam berdi.

Yozgi eng katta xaridi: Edin Jeko

35 yoshli hujumchining oldida katta vazifa - Lukakuning markazdagi o‘rnini to‘ldirish turibdi. U belgiyalik bilan jismoniy kuch tomonlama raqobatlasha olmaydi, shunga qaramay bosniyalikning oshqa qurollari bor va o‘zining nozik texnikasi orqali sheriklarini hujumkor o‘yinga ko‘proq jalb etishi mumkin.

O‘yinini ko‘rish kerak: Denzel Dumfrays

Murakkab vazifalar haqida gap ketganda, buni Denzelga nisbatan ishlatish ham mumkin. Yozgi tansferlar oynasi vaqtida PSJga yo‘l olgan marokashlik lateralning o‘rnini to‘ldirish PSV sobiq himoyachisining chekiga tushgan. Uning o‘yinga qo‘shadigan surati «nerazzurilar» uchun asosiy nuqta bo‘la oladi. 25 yoshli allaqachon Niderlandiya terrmasi safida 25 o‘yin o‘tkazishga ulgurdi va ushbu yozda o‘tkazilgan Yevropa chempionati guruh bosqichida ikkita gol urdi. Ammo, A Seriya futboliga tezda kirishib ketishiga to‘g‘ri keladi.

Bilasizmi?

«Inter» Chempionlar Ligasining ortda qolgan uch mavsumida guruh bosqichida pley-offga yo‘l olishni uddalay olmagan.

«Inter» joriy mavsum guruh bosqichida «Real», «Shaxtyor» va Moldovaning «Sheriff» klublari bilan bellashadi. Dastlabki turda Milan jamoasi madridliklarga o‘z maydonida imkoniyatni boy berdi - 0:1.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 07:36, 27.09.2021.
O'qildi: 2067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.