Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

YECHL. Ronaldusiz qolgan «Yuventus» musobaqadagi birinchi jiddiy sinovini ikki kundan keyin o‘tkazadi

YECHL. Ronaldusiz qolgan «Yuventus» musobaqadagi birinchi jiddiy sinovini ikki kundan keyin o‘tkazadi

Baho:
+ | -

«Yuventus» o‘tgan mavsum 10 yillik gegemonlikdan keyin Italiyada «Inter»ga imkoniyatni boy berdi, Krishtianu Ronaldu jamoani tark etdi. Shu va boshqa ma’lumotlar bilan mazkur blogni kuzatish jarayonida tanishib olishingiz mumkin.

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 5

Qanday yetib kelishdi: Italiyada 4-o‘rin

O‘tgan mavsum: nimchorak final (mehmondagi gol evaziga «Portu»ga mag‘lubiyat)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (1984/85, 1995/96)


Bosh murabbiy:
Massimiliano Allegri

54 yoshli mutaxassis ikki yillik ta’tildan keyin yana «Yuventus»ga o‘z missiyasiga ega bo‘lgan holda qaytdi. U «Yuventus»ni Yevropa Chempionlar Ligasining ikki mavsumida - 2015 hamda 2017 yilgi finalga qadar olib chiqqan, ammo ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchragandi. Endilikda undan bu ishni uddalash kutilmasa ham, turinliklarning oldingi mavqeiga qaytarish vazifasi bor.

Asosiy o‘yinchi: Paulo Dibala

O‘tgan mavsum Andrea Pirlo qo‘lostida qiyin mavsum o‘tkazganidan keyin 27 yoshli argentinalik Allegri boshqaruvida o‘z darajasiga qaytishdan umidvor. Italiyalik mutaxassis Dibalaning imkoniyatlaridan qanday foydalanish biladi. Turin klubidagi yettinchi mavsumida harakat qilayotgan tezkor va chaqqon "La Joya" bu mavsum porlashi mumkin.

Yozgi eng katta xaridi: Manuel Lokatelli

23 yoshli chapaqay futbolchi yozda o‘tkazilgan Yevropa chempionatidagi Italiya termasi uchun ishonchli o‘yinlari, xususan guruh bosqichida Shveysariyaga urgan ikki goli bilan diqqat markaziga tushdi. Yaqin yillar ichida «Yuventus» yarim himoyasida bir qancha muammolarga duch kelayotgandi. «Sassuolo»ning sobiq a’zosi bunga yechim bo‘lishi mumkin.

O‘yinini ko‘rish kerak: Federiko Kyeza

Italiya bilan Yevro chempionligi ta’mini tatib ko‘rgandan keyin hujumkor yarim himoyachi o‘zining ustida ishlash va rivojlanishni davom ettirish uchun harakat qiladi va «Yuventus»ning haqiqiy yetakchisiga aylanadi.

Bilasizmi?

«Yuventus» Chempionlar Ligasidagi 1996 yildagi so‘nggi chempionligidan keyin 5 marta finalda o‘ynadi, ammo har safar musobaqadagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritish uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hech bir jamoa «Yuve»dek ko‘p finalda mag‘lub bo‘lmagan — 7 marta.

Joriy mavsum «Yuventus» o‘z guruhida «Chelsi», «Zenit» va «Malmyo» klublari bilan kurash olib boradi. Dastlabki turda Shvesiyadan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan Allegri jamoasi, 2-turda o‘z maydonida «aristokratlar»ni qabul qiladi. Bahs 29 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 08:49, 27.09.2021.
O'qildi: 3861 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.