Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Legionerlarimiz: Ubaydullayev faqat chiroyli gol uradi

Legionerlarimiz: Ubaydullayev faqat chiroyli gol uradi

Baho:
+ | -

Sardor Rashidov OFK kubogi yarim finalida.

«Quvayt SK» klubi OFK kubogi-2021 «G‘arb»  mintaqasi finali (turnir yarim finali maqomida)ga chiqdi. Tarkibida Sardor Rashidov o‘ynaydigan jamoa bu huquqni o‘z maydonida «Al-Salt» (Iordaniya)ni 2:0 hisobida yengib, qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, hamyurtimiz ushbu bahsda ishtirok etmadi. «Quvayt SK» endi «G‘arb» zonasi finalida Bahraynda «Al-Muharraq» mehmoni bo‘ladi.

Chalqancha zarba bilan gol.

BATE Belarus chempionati 24-turida «Rux» bilan safar o‘yinida alamli tarzda ochko yo‘qotdi - 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (2:2). Borisov jamoasi boshlan­g‘ich tarkibida maydonga tushgan Shahboz Umarov 66-daqiqada o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. «Energetik-BGU» esa «Vitebsk»ni qabul qildi va 2:2 hisobini qayd etdi. Bu bahsda mezbonlar hujumida Shahzod Ubaydullayev - Bobur Abduxoliqov juftligi harakatlandi. 42-daqiqada Shahzod aynan Boburning uzatmasidan ke­yin akrobatik zarba vositasida hisobni 1:1ga yetkazdi. Umuman, Ubaydullayev to‘liq vaqt maydonda to‘p surdi, Abduxoliqov esa 66-daqiqada almashtirildi. Jamoa safidagi yana bir vakilimiz Doniyor Abdumannopov bel sohasidagi jarohat tufayli chetda qolyapti.

Yagona gol kifoya...

«Al-Nasr» Saudiya Arabistoni Premyer-ligasi navbatdagi turida «Al-Batin»ni qabul qilib, 34-daqiqada Taliska tomonidan urilgan yagona gol evaziga 3 ochko oldi. Jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bu g‘alabaga doimgidek, 90 daqiqalik faol harakati bilan hissa qo‘shdi.

«O‘zbekcha derbi»da Iskanderov g‘olib...

J.Koreya «K»-ligasi 32-turida ikki hamyurtimiz maydonda to‘qnash keldi. Aniqroq aytsak, «Seongnam» va «Kanvon» o‘rtasidagi bahsda mezbonlar yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov 86 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, mehmonlar himoyachisi Rustam Ashurmatov to‘liq vaqt harakatlandi. Natijaga kelsak, yakunda «Seongnam» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi - «o‘zbekcha derbi»da Iskanderov ustun.

Shukurov - gol assistenti.

«Sharja» klubi BAA Pro-ligasi 5-turida «Al-Jazira» maydoniga safar uyushtirib, irodali g‘alabani tantana qildi - 2:1. Diqqatga sazovor tomoni, 82-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golga Otabek Shukurov assistentlik qildi. Umuman, hamyurtimiz maydonda 90 daqiqa davomida tinim bilmadi.

«Sherif» yaqqol ustun.

Moldova chempionati 11-turidan o‘rin olgan «Sherif» - «Floresht» o‘yini 4:0 hisobida yakunlandi. Tiraspol klubida ijara muddatini o‘tayotgan hujumchi Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushib, 62-daqiqagacha to‘p surdi. «Sherif» ke­yingi turda «Dinamo-Avto» mehmoni bo‘lib, mezbonlarni 7ta javobsiz gol bilan «siyladi». Yaxshiboyev bunisida 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Eslatish kerak, «Sherif» bugun CHL guruh bosqichi 2-turi doirasida «Real» mehmoni bo‘ladi.

Natija bobida beqarorlik.

«Roma» «A» seriya 5-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Udineze»ni 1:0 hisobida yeng­di. «Bo‘rilar» hujumchisi Eldor Shomurodov «Stadio Olimpiko» arenasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvning atigi 86-daqiqasida maydonga tushirildi. Yakshanba kuni esa Joze Mourinyo shogirdlari «Rim derbisi»da «Lasio»ga yutqazishdi - 2:3. Hamyurtimiz o‘yinga yana zaxiradan qo‘shildi, faqat ertaroq (64-daqiqada).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:45, 28.09.2021.
O'qildi: 3421 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.