Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" "Napoli" bilan o‘yinchi almashtirmoqchi

"Atletiko" "Napoli" bilan o‘yinchi almashtirmoqchi

Baho:
+ | -

 

Markos Lyorente va Fabian Ruis qishda jamoalarini o‘zgartirishi mumkin.

"Calcio Mercato" xabar berishicha, "Atletiko" va "Napoli" kelayotgan transferlar vaqtida futbolchi almashishi mumkin. "Matraschilar" 25 yoshli Fabian Ruis bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Madrid klubi bu bitimga Markos Lyorenteni ham qo‘shishi mumkin.

Ruis 2018 yilda "Betis"dan "Napoli"ga ko‘chib o‘tdi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Joriy mavsumda, chempionatda 6 ta o‘yin o‘tkazgan Fabian 2 gol va yana shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.

Lyorente esa "Atletiko" sharafini 2019 yildan beri himoya qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. U 2021/22 mavsumida Ispan klubi uchun 8 ta o‘yin o‘tkazdi va foydali harakat amalga oshira olmadi.

Manba: Calcio Mercato
Kiritildi: 19:15, 28.09.2021.
O'qildi: 2409 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.