Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHLda boylar derbisi (prevyu)

YECHLda boylar derbisi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun UEFA chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turdan o‘rin olgan bahslarga start beriladi. Kunning markaziy uchrashuvi “Park de Prens”da bo‘lib o‘tadi. Mezbon "PSJ" “Manchester Siti”ni o‘z uyida mehmon qiladi. Yevropaning ikki eng boy klublari o‘rtasidagi baxsda bizni qanday intrigalar kutib turibdi?

Messi Gvardiolaga qarshi

“Shaharliklar”ning murabbiyi qanday jamoalarda qanday sovrinlar yutganini ko‘pchilik biladi. Aynan Messining cho‘qqiga chiqish davrida Gvardiola unga ko‘maklashgan. Pep va “o‘zga sayyoralik” birgalikda bir mavsumda 6ta kubokni qo‘lga kiritishgan edi. O‘sha mavsumdan beri Leo hozirda dunyodagi eng yaxshi ikki futbolchisining biri hisoblanib kelmoqda. Gvardiolaning ham, Messining ham eng gullagan davrida ular birgalikda bo‘lgan. Ajralgan ustoz va shogird keyinchalik ham, sovrinlarni qalashtirib tashlagan. Lekin hech qachon o‘sha birga bajargan ishlarini takrorlay olmayapti. Bugun ularning yo‘li yana tutashadi faqat raqib sifatida. Bu yozda bu juftlik yana birlashishi mumkin edi. Lekin Messi Parijga yo‘l oldi. Ammo, taqdirning o‘yini tufayli Leoning yangi jamoasi Gvardiolaning jamoasiga qarshi guruhda ro‘baro‘ keladigan bo‘lib qoldi.  Ularning qarama-qarshiligi birinichi marta bo‘layotgani yo‘q. Messi ilk bor Pepning “Bavariya”siga qarshi to‘qnash kelgan va bir bor g‘alaba qozongan, ikkinchi o‘yinda ustozning qo‘li baland kelgan. O‘sha mavsumda Leo so‘ngi “Shalpangquloq kubok”ni qo‘lga kiritgan. Shundan beri “o‘zga sayyoralik”ning chempionlar ligasida “ketmoni uchmayapti”. Keyinchalik guruh bosqichida “Barselona” va Gvardiolaning “Siti”si to‘qnash kelgan yana ikki o‘yinning birida shogird birida ustozning qo‘li baland kelgan. Bu safar Leo “Barselona”da emas.  Lekin, ishoning, bugungisi ham juda qiziq bo‘ladi. Agar Messi maydonga tushsa.

Pochettino “shaharliklar”ga qarshi

“Manchester Siti” argentinalik murabbiyning eng sevimli raqibi hisoblanadi. Ular o‘zaro 18 marta to‘qnash kelishgan. Lekin Pochettino “shaharliklar”nib bor-yo‘g‘i 5 marta yengan. Ammo 2018/19 yilgi mavsumda chempionlar ligasida “shporlar” Gvardiola shogirdlarini chorak finalda yengishgan va tarixda ilk bor Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.  



"PSJ"da 6 oy ishlagan Pochettino o‘z raqibi bilan allaqachon to‘qnash kelib ulgurgan. O‘tgan yili ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasida argentinalik yarim finalda “shaharliklar”ga har jabhada mag‘ub bo‘lgan. Bu safar Pochettinoning tarkibi yulduzli va kuchliroq, balki “revansh” olish imkoniyati ham mavjud. Guruhda 1-turdan so‘ng “Manchester Siti” fovoritlik qilmoqda.

Qatarga qarshi Amirliklar

Bugungi kunda ikki jamoa dunyoning eng boy ikki klubi ham hisoblanadi. Qit’adoshlarimiz homiyligi ostida ikki klub ham yuksalish sari ildamlamoqda. “Shaharliklar” hozirda Shayx Mansur tomonidan asos solingan Abu Dhabi United Group Amirlik kompaniyasi homiyligida bo‘lsa, "PSJ" Qatar Sports Investment jamg‘armasi boshlig‘i Nosir Al-Xelayfiy tomonidan boshqariladi. Bu loyihalar orqasida asosiy neft kompaniyalarining g‘arbdagi obro‘sini oshirish maqsad qilingan.  

Ko‘ramiz, bugun kimning qo‘li baland kelar ekan.   

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:47, 28.09.2021.
O'qildi: 3311 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.