Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Ja’far Irismetov: «Yaxshiboyev «Real»ga gol urdi, endi u yo‘qolib qolmasligi kerak»

Ja’far Irismetov: «Yaxshiboyev «Real»ga gol urdi, endi u yo‘qolib qolmasligi kerak»

Baho:
+ | -

Moskvaning "Spartak" klubining sobiq hujumchisi, Toshkentning "Paxtakor" klubi sport direktori Ja’far Irismetov Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida "Sherif"ning "Real" ustidan qozongan o‘yini haqida fikr bildirdi. Ta’kidlash joizki, Jasur Yaxshiboyev gollardan biriga mualliflik qildi.
 
— Yaxshiboyev vaqtida siz "Spartak" tarkibida qilolmagan ishingizni qildi, ya’ni Chempionlar ligasida gol urdi. Sizning bu golga hissiyotingiz qanday bo‘ldi?
— Men o‘zbek futbolchisining "Real"ga gol urganidan juda xursand bo‘ldim, — dedi Irismetov Match TV muxbiri Aleksandr Troitskiyga bergan intervyusida. —  Men Chempionlar ligasida gol urganmanmi yoki yo‘q, umuman bu haqida o‘ylamayman. Bugun biz "Paxtakor" oilasimiz, hammamiz bir-birimizni tabriklaymiz. Bu bizning umumiy g‘alabamiz. Bir vaqtlar Yaxshiboyev "Paxtakor"da o‘ynagan, lekin raqobat yuqori bo‘lgani uchun ijaraga ketgan. Men har doim uning yaxshi futbolchi ekanligini bilardim va u o‘z o‘yinini ko‘rsatishiga amin edim. Endi u tinchlanishi va yana shunday ishlarni bajarishi kerak. U barqaror o‘ynashi kerak, Jasur Madridda "Real" darvozasini ishg‘ol qilib, g‘oyib bo‘lib qolmasligi muhim.

— Nega Jasur Yaxshiboyev "Paxtakor" uchun keraksiz bo‘lib qoldi?
— Rostini aytsam, o‘zbek futbolchilari orasida yaxshi vingerlar ko‘p emas. Jasurning kundalik hayotida muammolari bor edi. Uning xarakteri juda og‘ir edi. U tanqidni yaxshi qabul qilmaydi. Ehtimol, hozir u katta futbolchi bo‘lib xatolarini to‘g‘irlagandir. U top-klublarda o‘ynash imkoniga ega. "Sherif" — yaxshi jamoa.

— Yaxshiboyevni qo‘yib yuborganingizdan afsuslanasizmi?
— Nega afsuslanish kerak. U "Paxtakor" tarkibida yaxshi o‘ynadi. Lekin ko‘proq zaxirada qoldi. Unga o‘yin amaliyoti kerak edi. Yevropa futboli uning o‘sishiga yordam berdi. U uchun hamma xursand.

— Jasurni Eldor Shomurodov bilan solishtira olasizmi?
— Hali erta. Shomurodov "Rostov" safida bir necha mavsum davomida kamolotga yetdi. Unga yuqori saviyada o‘ynash ancha oson. Yaxshiboyev hali ham o‘z yo‘lida, garchi futbolchi uchun 24 yosh hayotning asosiy davri bo‘lsa-da. U juda iste’dodli yigit va pulni emas, balki Shomurodovning yo‘lini tanlagan. Futbolchilarimiz ko‘pincha Osiyo chempionatlariga pul topish uchun borishadi, masalan, BAA yoki Qatarga, ular Rossiya yoki Yevropaga qaraganda ancha ko‘p to‘lashadi. Jasur "Paxtakor" ga tegishli bo‘lgan paytida, Osiyo klublari unga aqldan ozdiradigan darajada pul taklif qilishgan, lekin u hamma vaqt rad etgan.

Kiritildi: 22:45, 29.09.2021.
O'qildi: 5204 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик