Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Manchini: «Hozir Millatlar ligasining o‘tkazilish vaqti emas»

Manchini: «Hozir Millatlar ligasining o‘tkazilish vaqti emas»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini terma jamoa bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirdi.

«Men har kuni o‘z klubimdagi ishimni sog‘inaman. Terma jamoa bilan ko‘p o‘yin o‘tkazganingizda oz bo‘lsada zerikishni his qilasiz.

Ammo maydonga qaytish uchun besh oy bu juda ko‘p. Masalan, noyabrdan martgacha va martdan iyungacha bo‘lgan muddat bu juda katta.

Yevropa chempionati menga katta maktab bo‘ldi, bu kabi turnirlar murabbiyga ulkan tajriba beradi. Ammo Millatlar Ligasi turniri hozir bizga ancha bosim yuklashi mumkin. Hozir uning o‘tkazilish vaqti emas», - deydi Manchini Bobo TVga bergan intervyusida.

Italiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktyabr kuni Millatlar Ligasi yarim finalida o‘ynaydi. Ertasi kuni maydonga Belgiya va Fransiya terma jamoalari chiqadi.

Kiritildi: 09:13, 02.10.2021.
O'qildi: 1126 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик