Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

La Liga. «Atletiko» o‘z uyida «Barselona»ga imkon qoldirmadi, Luis Suaresdan gol va assist (videosharh)

La Liga. «Atletiko» o‘z uyida «Barselona»ga imkon qoldirmadi, Luis Suaresdan gol va assist (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvida «Atletiko» va «Barselona» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Butun o‘yin davomida to‘p nazorati kataloniyaliklar tomonida bo‘ldi, ammo Simeone jamoasi himoyada mustahkam harakat qilib, qarshi hujumlarda raqibni jazoladi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Luis Suaresning uzatmasidan keyin Toma Lemar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Suaresning o‘zi ter Shtegen bilan yuzma-yuz holatga chiqib borib, sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Urugvaylik futbolchi gol urgach, uni nishonlamadi, aksincha, "Barsa" muxlislaridan uzr so‘radi.

Ikkinchi bo‘limda"Barsa" hisobni qisqartirish uchun bitta yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Gavining uzatmasidan so‘ng Koutinyo darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi, ammo u to‘pni darvozabonning zo‘iga tepgani uchun Oblak zarbani qaytardi.

Shu tariqa, o‘yinda hisob o‘zgarmadi va "ko‘k-anorranglilar" joriy mavsum La Ligadagi dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Atletiko» ochkolarini 17 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Barselona» (12) esa 9-pog‘onaga tushib ketdi.

La liga, 8-tur
2 oktyabr, shanba
«Atletiko» — «Barselona» 2:0
Gollar: 1:0 – 23 Lemar, 2:0 – 44 Suares.
«Atletiko»: Oblak, Savich, Ximenes, Ermoso (Felipe, 81), Lyorente, Karrasko (Lodi, 81), Koke, de Paul (Trippyer, 46), Lemar, Suares (Grizmann, 72), Joau Feliks (Korrea, 72).
«Barselona»: ter Shtegen, Mingesa (de Yong, 75), Pike, Arauxo, Dest (Langle, 86), Buskets, Koutinyo (Fati, 64), de Yong, Niko Gonsales (Serxi Roberto, 46), Gavi (Puch, 75), Depay.
Ogohlantirishlar: Gavi (20), de Paul (45), Koke (78).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:36, 03.10.2021.
O'qildi: 6676 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.